Shayxontohur tumanida 49 yoshli erkak obodonlashtirish ishlarini bajarayotganida halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Uznews.uz”.
Ma’lum qilinishicha, 27-mart kuni soat taxminan 11:00 da Shayxontohur tumanida kuchli shamol tufayli daraxt 49 yoshli erkakning ustiga qulab tushgan. Oqibatda erkak hodisa joyida vafot etgan.
Ma’lum qilinishicha, baxtsiz hodisada halok bo‘lgan erkak obodonlashtirish boshqarmasi xodimi bo‘lgan.
Bundan avval Toshkentda yomg‘irdan so‘ng Spark ustiga chinor daraxti qulagani, Qashqadaryoda to‘y kuni kuyovning otasi va ikki qarindoshi hamda kelinning xolasi YTHga uchrab, halok bo‘lgani hamda Toshkentda 60 yoshli ayol yuk mashinasi urib ketishi oqibatida halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)