• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    RS Success Agro texnik kannabis urug‘ini ekish kampaniyasini boshladi. Sho‘rlangan cho‘l o‘rnini yashil maydonlar egallamoqda

     

    RS Success Agro kompaniyasi Xovos tumani cho‘llarini yashil dalalarga aylantirmoqda, ya’ni texnik kannabis ekish kampaniyasi olib bormoqda. Aytish joizki, korxona uchun ajratilgan bu yerlar avvallari sho‘r bosgan cho‘l zonasi edi.

    Bir necha oydan so‘ng xuddi shu hududda mustaqil O‘zbekiston tarixidagi birinchi texnik kannabis hosili yig‘ib olinadi. Ushbu ekin ancha yillardan buyon butun jahonga mashhur o‘simliklardan biri bo‘lib, turli sohalarda qo‘llaniladi va ko‘plab mamlakatlar iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega.

    “2021-yilgi ekish mavsumi uchun hozircha Yevropadan kelib chiqqan urug‘lar qo‘llanmoqda. Kelgusida RS Success Agro kompaniyasi tetragidrokannabinol (TGK) miqdori eng past darajadagi o‘z urug‘larini yetishtirishga bel bog‘lagan. Bizda yetishtirilgan texnik kannabis urug‘i tarkibidagi tetragidrokannabinol qonunda belgilangan me’yordan ancha kam bo‘ladi. Minimal TGKli yuqori mahsuldor kannabis shtammlarini ko‘paytirish kompaniya seleksionerlarining ustuvor vazifasidir. Shu maqsadda RS Success Agro O‘zbekistonda kannabis mahsulotlarining sertifikatlangan va ilmiy tadqiqotlarga mo‘ljallangan birinchi sanoat laboratoriyasini yaratdi. Ayni paytda har bir ekilgan navning salohiyati, uning mahalliy iqlimga moslashishi va olingan xomashyo sifati o‘rganilmoqda”,— deydi RS Success Agro bosh direktori Robiya Ibragimova.

    “Aqlli” agrotexnologiyalar — mo‘l hosil garovi

    Ekin ekish tadbirlarini o‘z vaqtida yakunlash kannabis urug‘i va tolasining yuqori hosildorligini ta’minlaydi. Shu bois dalalarga yuksak samarador yangi texnikalar olib kelindi. Kompaniya xodimlarining vazifasi bitta texnika bilan 24 soatlik smenada, 100 gektar maydonga urug‘ qadashdir.

    RS Success Agro kompaniyasi IoT tizimini biotexnologik industrial agromajmua faoliyatiga tatbiq etgan. Bu tizim kompaniyaning nafaqat O‘zbekiston, balki butun jahonda yetakchi o‘rinni egallashiga imkon beradi. Mazkur tizim ekin yetishtirish jarayonining to‘liq nazorat qilinishini ta’minlaydi. Datchiklar va sun’iy yo‘ldosh aloqasi orqali uskunaning muayyan bir vaqtda qayerdaligini va qanday ish bilan shug‘ullanayotganini ko‘rish mumkin.

    “Kompaniya mutaxassislari bu jarayonni imkon qadar avtomatlashtirishga harakat qilishmoqda. Agromajmuamiz barcha jarayonni IT yechimlarga asoslagan va bu O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida mutlaqo yangicha yondashuvni aks ettiradi. Bizning usul moddiy, texnik resurslar va energiya xarajatlarini sezilarli darajada tejashga xizmat qilib, biznes jarayonlarining shaffofligini va mahsulot xavfsizligini ta’minlaydi”, — deb qayd etdi Robiya Ibragimova.

    RS Success Agro biotexnologik industrial agromajmuasi o‘z meteorologik stansiyasiga ega. Stansiya fevral oyi oxirida O‘zbekistonga kirib keladigan sovuq havo oqimi to‘g‘risida avvaldan bilish va ekish kampaniyasini keyinga qoldirish imkonini berdi. Dalalarga o‘rnatilgan datchiklar tuproq namligi hamda harorati ko‘rsatkichlarini baholashda muhim rol o‘ynadi.

    RS Success Agro Xovos cho‘llarini yashil maydonga aylantirmoqda

    RS Success Agro kompaniyasi ekinlar uchun ajratilgan yer bir necha o‘n yillar davomida ishlov berilmagan, unumdorligi yo‘q, deb topilgan edi. Shu bois dala maydonlarini begona o‘tlardan tozalash, yillar davomida hosil bo‘lgan tepalik va teshiklarni tekislash kerak bo‘ldi. Yerning avvalgi kuchini qaytarish uchun 25 million begona cho‘l o‘tlari olib tashlanib, 18 million kub metr yer yotqizildi.

    Oradan bir necha oy o‘tgach, Xovosning sobiq cho‘l yerlari texnik kannabis ekilgan yashil maydonlarga aylanadi

    Agronomlar duch keladigan asosiy muammolardan biri — bu Xovos hududlarining sho‘rlanishi. So‘nggi yillarda ushbu hududda yog‘ingarchilik juda kam bo‘lgani tufayli tuproqni yuvish imkoni bo‘lmagan. Shu bois yer osti tomchilatib sug‘orishni joriy etish zarur quvvatni tiklashning eng samarali usuli bo‘ldi. Ushbu innovatsion texnologiya O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasini yangi bosqichga olib chiqish imkonini beradi. Bu yer unumdorligini tiklash, har bir tomchi suvni tejash va hosildorlikni sezilarli darajada oshirish deganidir.

    Texnik kannabis tuproqqa yetarlicha chuqur kirib boruvchi ildiz tizimiga ega. Ammo ma’lum bir chuqurlikda joylashgan yer osti tomchilatib sug‘orish usuli tufayli o‘simlik ildizi uzoqqa ketmaydi, balki belgilangan chuqurlikda kerakli miqdordagi namlik va minerallarni o‘ziga singdiradi. Shunday qilib, innovatsion agrotexnika tadbirlari tufayli tuproqning yuqori qatlamlaridagi tuz o‘simlikdan ajratib olinib, quyi tuz qatlamlari tomchilatib sug‘orish tizimi ostida qoladi va ildizga rivojlanish uchun qulay muhit yaratiladi.

    Agronomlar ta’kidlaganidek, qulay ob-havo sharoiti (iliq harorat va me’yoriy namlik)da texnik kannabisning ilk nihollari yetti kun ichida unib chiqadi. RS Success Agro biotexnologik industrial agromajmuasida uzluksiz ishlab chiqarish zanjiri tashkil etilgan. U bir vaqtning o‘zida bir necha ishlab chiqarish turini qamrab oladi. Sovuq presslash usulida yog‘ olish, texnik kannabis yog‘ini butilkalash, tola, arbolit va ozuqa ishlab chiqarish kabi imkoniyatlar shular jumlasidandir.

    Reklama huquqi asosida.

    27.03.2021, 18:00   Izoh (0)   43154
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentdagi Adju universiteti 2021/2022-o‘quv yili uchun abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilishni boshlamoqda

    27.03.2021, 15:00

    FDG kompaniyasi Riverside TJM yangi bloklarining sotuvini boshlab yubordi

    27.03.2021, 12:00

    Manzara turar joy majmuasidagi yangi bosqich: Barcha talablarga mos va shinam uylar

    27.03.2021, 09:00

    Orient Business Center — poytaxtdagi biznes maskan

    26.03.2021, 18:00

    Toshkent shahrining qoq markazida Ideas by Dafna interyer va san’at galereyasining ochilishi  bo‘lib o‘tdi

    26.03.2021, 15:00

    “Hamkorbank”dan yangi “Hamkor” ilovasini kutib oling!

    26.03.2021, 12:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Pokrovskni qurshab olishga urinmoqda – Britaniya razvedkasi

    Dunyo | 3 avgust, 11:30

    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

    Reklama | 3 avgust, 10:30

    Putin politsiyaga bank hisoblarini sud qarorisiz muzlatish vakolatini berdi

    Dunyo | 3 avgust, 10:55

    Toshkentdagi Mangal fest’da bir guruh kishilar o‘zaro do‘pposlashdi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 10:35

    Sirdaryoda yong‘in va portlash xavfi sabab 4 ta zapravka vaqtincha yopildi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 09:48

    Andijonda o‘qituvchilar maktabni taʼmirlashga jalb qilingani nazoratga olindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 08:42

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.