• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Arab davlatlari ligasi tashkiloti. Yaqin o‘tmish va istiqbol muammolari

    22-mart sanasida Arab davlatlari ligasi tashkiloti o‘zining 76 yillik yubileyini nishonlaydi. “Daryo” kolumnisti Jahongir Ergashev mazkur tashkilotning tarixi, arab mamlakatlari o‘rtasidagi kelishmovchiliklar va istiqboldagi muammolar haqida hikoya qiladi.

    Tashkilot qanday yuzaga kelgan edi?

    Arab davlatlari ligasi tashkiloti xalqaro tashkilotlardan biri sanalib, arab tili davlat tili bo‘lgan bir qator arab bo‘lmagan davlatlarni ham o‘ziga birlashtirgan. Ayni paytda Arab davlatlari ligasi tashkilotiga Misr, Iroq, Livan, Saudiya Arabistoni, Suriya, Iordaniya, Shimoliy Yaman, Liviya, Sudan, Tunis, Marokash, Jazoir, Kuvayt, Bahrayn, Qatar, Ummon sultonligi, BAA, Mavritaniya, Somali, Falastin Ozodlik harakati, Jibuti va Komor orollari kabi davlatlar kiradi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Arab davlatlari ligasi tashkilotini tuzish g‘oyasi 1943-yilda Misr, Suriya va Livan davlatlari rahbarlari o‘rtasida muhokama qilinadi. Ikki hafta davom etgan muzokaralar natijasida Qohirada Suriya, Transiordaniya (hozirgi Iordaniya qirolligi), Iroq va Misr o‘rtasida 1944-yilning 7-oktabrida bo‘lg‘usi tashkilotning asosiy faoliyatini belgilab beruvchi Iskandariya protokoli imzolanadi. Buyuk Britaniyaning tashqi ishlar vaziri Antoni Iden Arab davlatlari ligasi tashkil qilinishini qo‘llab-quvvatlashini bildiradi.

    8,5 million kvadrat kilometr hududni qamrab oladigan va aholisi ayni paytda 500 milliondan ortiqni tashkil qiladigan hududda tashkil topgan Arab davlatlari ligasining bosh vazifasi sifatida mamlakatlarning tashqi siyosati bo‘yicha yakdil siyosat yuritishni muvofiqlashtirish, a’zo mamlakatlar o‘rtasida nizolar yuzaga kelgan taqdirda birgalikda nizoni hal qilish uchun yechim topish, yechimni tatbiq qilish esa majburiy ekanligi belgilab olinadi. A’zo mamlakatlar bunga rozi bo‘ladi. Shu tariqa 1945-yilning 22-mart sanasida Arab ligasi davlatlari tashkiloti tashkil qilingani e’lon qilinadi. Tashkilot 76 yillik yubileyiga bag‘ishlangan sammitiga tayyorgarlik ko‘rar ekan, tashkilotning dastlabki a’zolari bo‘lgan arab davlatlarida katta siyosiy o‘zgarishlar ham sodir bo‘ldi: Transiordaniya o‘rnida Iordaniya tashkil topdi, Shimoliy Yaman Yaman bo‘lib birlashdi, Somali esa hamon tarqoq mamlakat sifatida qolmoqda. 1993-yilda Komor orollari Arab ligasi tashkilotiga qo‘shilgan eng so‘nggi davlat bo‘ldi. Tashkilotning asoschilaridan biri bo‘lgan Suriyaning tashkilotga a’zoligi 2011-yilda mamlakatda yuzga kelgan nizo tufayli to‘xtatib qo‘yildi.

    Arab davlatlari ligasi tashkil etilgan paytda tashkilotning faoliyatida mustaqil bo‘lgan arab davlatlari ishtirok etishi va tashkilot mustaqil tarzda siyosat olib borishi belgilab qo‘yiladi. Biroq Iroq va Transiordaniya Buyuk Britaniya tashqi siyosatini ko‘zlab harakat qilishi tashkilot ichida kelishmovchilikni yuzaga keltirdi. Misr va Saudiya Arabistoni esa AQShning siyosiy manfaatlari uchun harakat qilishi ham ixtilofga sabab edi. Bu nizo ta’sirida tashkilot o‘z faoliyatini to‘xtatib qo‘yishga yaqin turganda, 1950-yilning 13-aprel sanasida mudofaa va iqtisodiyot borasida hamkorlik qilish haqida kelishuv imzolandi. Ayni shu yilda tashkilot BMTning ish faoliyatini kuzatuvchi tashkilot maqomini qo‘lga kiritadi. 1952-yilda Misrdagi inqilob natijasida Misr hukumati tashkilotning asosiy siyosiy yo‘nalishini belgilashga intilar ekan, maqsad Osiyo va Afrikadagi musulmon mamlakatlarining mustaqil bo‘lishlari uchun harakat qila boshlaydi. Maqsad amalga oshgach, Osiyoning va Afrikaning yangi mustaqil davlatlari BMT tarkibiga kirishi bilan Arab davlatlari ligasi tashkilotining mavqei va nufuzi ham susaya boshlaydi.

    Tashkilotning siyosati va xalqaro munosabatlardagi faoliyati

    Arab davlatlari ligasi tashkilotining rahbariyat organi tashkilot kengashi hisoblanib, tashkilotga rahbarlik a’zo mamlakatlarning tashqi ishlar vazirlari tomonidan amalga oshiriladi. Tashkilot yig‘ini yilda ikki marta — mart va sentabr oylarida bo‘lib o‘tadi. Mazkur yig‘inda tashkilotning yangi rahbariyati arab alifbosiga monand tarzda rotatsiya yo‘li bilan aniqlab olinadi. Tashkilotning bosh qarorgohi Qohirada joylashgan. Ayni paytda Arab davlatlari ligasiga Misr tashqi ishlar vaziri Ahmad Abul G‘oit rahbarlik qilib kelmoqda.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Arab dunyosidagi turli millatchi, panarab va arab sotsializmi tarafdorlari o‘rtasidagi siyosiy nufuzga erishish tashkilotning siyosiy obro‘siga ham zarar yetkazdi. Bu kurashlar natijasida tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga keldi. Siyosiy obro‘ uchun asosiy kurash Misr va Saudiya Arabistoni va keyinroq bu kurashga Muammar Kaddafiy boshliq Liviyaning ham qo‘shilishi vaziyatni ancha murakkablashtirdi.

    1970-yillarning oxiriga qadar Arab davlatlarining Isroilga qarshi dushmanlik kayfiyati arab davlatlari o‘rtasidagi nizolarning keskinlashmasligiga sabab ham bo‘ldi. 1970-yillarda dunyoda yuzaga kelgan yonilg‘i inqirozi Arab davlatlari ligasi tashkilotini biroz bo‘lsa-da xalqaro siyosat diqqat markaziga aylantirdi. Shu bilan birgalikda arab davlatlari g‘arbning ta’siriga ham berila boshladi. Qolaversa, ulkan miqdordagi neft zaxiralariga egalik qilish ham arab davlatlari o‘rtasidagi ixtiloflarni kuchaytirgandan kuchaytirib bordi.

    1967 va 1973-yillarda arab—Isroil urushlari natijasida Misrning mag‘lubiyati arab davlatlari orasida Misrning nufuziga ham salbiy ta’sir qildi. Saudiya Arabistoniga neft dollarlarining oqib kela boshlashi Misr uchun yomon signal edi, shu boisdan Misr hukumati AQSh va Isroil bilan o‘z munosabatlarini yaxshilashga intila boshlaydi. Arab mamlakatlaridagi konservatizm tarafdorlari AQSh va Isroil bilan aloqalarni yaxshilashga urinayotgan paytda millatchilar o‘z g‘oyalariga kuch olish maqsadida nigohlarini Muammar Kaddafiyning Liviyasiga qaratadi. Misr hukumati Kemp-Devidda Isroil bilan tinchlik kelishuvini imzolagach esa Arab davlatlari ligasi tashkiloti a’zolari Misrni yakkalab qo‘yish siyosatiga izn beradi.

    1980-yillar ham Arab davlatlari ligasi tashkiloti uchun murakkab davr bo‘ldi. Misrning tashkilot bosh kotibiyati sifatida doimiy tarzda ko‘rish an’anasi bu safar buzildi va Tunis tashqi ishlar vazirligi tashkilotga rahbarlik qilish huquqini qo‘lga kiritdi. 1980-yillar boshida sovuq urushning kuchayishi, Livandagi siyosiy keskinlik, Iroq va Eron o‘rtasida kelib chiqqan urush tashkilotning a’zo mamlakatlari uchun umumiy bo‘lgan muammolarga yechim topishida katta g‘ov bo‘ldi. Ustiga-ustak ayrim arab davlatlari o‘z diqqatini Vashingtonga qaratgan bo‘lsa, boshqalari Moskva bilan aloqalarni mustahkamlash haqida tashviqot qilardi. Tashkilot dastlab tuzilgan paytda belgilab olgan tamoyillaridan shiddat bilan chekinib borardi.

    1989-yilda muammoni bartaraf qilish maqsadida Misr hukumati yana tashkilot a’zoligiga qabul qilinadi. Tashkilot bosh qarorgohi yana Qohiraga ko‘chirildi. Ammo 1990-yilning avgust oyida Iroqning Quvaytga bostirib kirishi tashkilot ichidagi kelishmovchiliklarni yanada kuchaytirib yubordi. Natijada har yili ikki marta chaqirilishi belgilab olingan sammit 1996-yilga qadar chaqirilmadi. Shu bilan birgalikda, Arab davlatlari ligasi tashkiloti 1990-yillarning o‘rtalaridan boshlab Falastin va Isroil o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash borasida konstruktiv siyosat olib borishga ham muvaffaq bo‘ldi. Iroq borasida arab davlatlarini umumiy fikrga olib kelish siyosati esa mag‘lubiyatga uchraydi. 1991-yildan beri tashkilot AQShning siyosiy ta’siri ostiga tushib qolgan. Arab bahori voqealari yuz bergan paytda ham aksar arab mamlakatlari vaziyatning ijobiy hal qilinishi borasida AQSh hukumatidan umidvor bo‘ldi.

    Yakdillik yo‘lidagi muammolar va Arab davlatlari ligasi tashkilotining istiqboli

    2000-yillardan boshlab AQShning Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi faolligi arab dunyosida muvozanatning buzilishiga olib keldi. Tashkilotning mintaqadagi regulyator sifatida harakat qilishi keskin cheklandi. Boz ustiga, tashkilotga a’zo mamlakatlar o‘rtasida yakdillikning yo‘qligi Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi bir qator davlatlarda davlat to‘ntarishlari, arab bahori kabi siyosiy harakatlarga yo‘l ochdi. Mintaqada AQSh, Yevropa Ittifoqi, Turkiya va Xitoyning geosiyosiy ambitsiyalari va manfaatlari muntazam to‘qnash keladigan holat odat tusiga kirmoqda. Yamanda va Suriyada islom dinining ikki mazhabi o‘rtasidagi siyosiy kurash tobora avjiga chiqa boshladi. Muammar Kaddafiy rejimining to‘ntarilishi ortidan mamlakatda fuqarolar urushi kelib chiqdi. Eronga qarshi kurashish uchun Saudiya Arabistoni va bir qator arab mamlakatlari Isroil bilan diplomatik aloqalarni tiklashga ham muvaffaq bo‘ldi.

    Arab davlatlari ligasi tashkiloti tashkil topganidan buyon ko‘plab mintaqaviy urushlarning guvohi bo‘ldi. Tashkilot arab mamlakatlari va Isroil o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash va nizoga barham berish borasida ko‘p sa’y-harakat qilgan bo‘lsa-da, ayrim urinishlar muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Tashkilotning buguni haqida gap ketganda, sobiq Misr tashqi ishlar vaziri Nabil Fahmi nazarida “tashkilot oldida hal qilinishi lozim bo‘lgan bir qator muhim vazifalar turibdi. Tashkilot ayni paytda dunyoda yuz berayotgan o‘zgarishlar bilan qadam-baqadam yurishi, globallashuv jarayoniga hamohang bo‘lishi lozim”. Tashkilot esa arab davlatlari orasidagi azaliy ixtiloflar sabab rivojlanmadi va o‘z qobig‘iga o‘ralashib qoldi. Arab mamlakatlari o‘rtasidagi mavjud qarashlarning xilma-xilligi esa tashkilotning parchalanib ketishi uchun sabab bo‘lishi mumkin. Buning oldini olish uchun esa arab davlatlari tashkilot yig‘inlarida qarama-qarshi fikrlarga yechim topishi, iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi, o‘z qonunchiliklarini va sud tizimini tashkilot nizomida belgilangan standartlarga muvofiqlashtirishi tashkilotni tanazzuldan saqlab qolishi mumkin.

    22.03.2021, 22:56   Izoh (0)   85510
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AstraZeneca vaksinasi COVID-19’ning og‘ir shakliga qarshi 100 foiz samaradorlik ko‘rsatgani ma’lum qilindi

    22.03.2021, 22:41

    Putin 23-mart kuni koronavirusga qarshi vaksina bilan emlanishni va’da qildi

    22.03.2021, 20:34

    OAV: Irqchilikda ayblangan Bukingem saroyi xilma-xillik siyosatini qayta ko‘rib chiqmoqchi

    22.03.2021, 19:33

    JSST mutaxassislari koronavirus paydo bo‘lishini Xitoydagi hayvonlar savdosi bilan bog‘lamoqda

    22.03.2021, 18:31

    Avstraliyada suv toshqini tufayli qariyb 20 ming aholi evakuatsiya qilindi (video)

    22.03.2021, 16:12

    Tramp Baydenga Meksika chegarasidagi devor qurilishini oxiriga yetkazishni taklif qildi

    22.03.2021, 15:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yangi buklanadigan iPhone 2026-yilda sotuvga chiqadi

    Gadjetlar | 20 iyun, 19:50

    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi

    Reklama | 20 iyun, 19:30

    Qozog‘iston politsiyasi tergovda sun’iy intellekt yordamchisini qo‘lladi

    Dunyo | 20 iyun, 19:40

    Jizzax va Buxoroda jami 2,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 19:27

    Luis Enrike “Botafogo”ga qarshi o‘yindan so‘ng nimalar dedi?

    Sport | 20 iyun, 19:21

    Rossiyada “Senimi, shoshmay tur!” multfilmi asosida to‘liq metrajli film suratga olinadi

    Kino | 20 iyun, 19:20

    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud

    Reklama | 20 iyun, 18:00

    Shavkat Mirziyoyev Ko‘kdala tumani maʼmuriy markazidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 20 iyun, 19:09

    Titanik bo‘laklari orasidan qora shishadan yasalgan marjon topildi

    Dunyo | 20 iyun, 19:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.