Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentning Chilonzor, Shayxontohur, Olmazor va Uchtepa tumanlaridagi xonadonlarga berilgan issiqlik darajasi pastligi sabab 85 272 ta abonent to‘lagan mablag‘ qayta hisob-kitob qilindi, deya xabar bermoqda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Qayd etilishicha, agentlikka kelib tushgan arizalar asosida olib borilgan o‘rganishlar natijasida Toshkent shahrining Chilonzor, Shayxontohur, Olmazor va Uchtepa tumanlariga xizmat ko‘rsatuvchi issiqlik qozonxonalaridan yetkazib berilgan issiqlik darajasi belgilangan me’yordan pastligi aniqlangan.

Agentlik o‘zining o‘rganishlari natijasini dalolatnomada aks ettirib, “Toshissiqquvvati”ga ko‘rsatilmagan xizmat uchun to‘lovlarni qayta hisoblash to‘g‘risida, shuningdek, boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish uchun zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

“Bugungi kunga qadar berilgan ko‘rsatma doirasida ‘Toshissiqquvvati’ DUK tomonidan mazkur to‘rtta tumanning 85 272 ta abonentiga 2020-yil noyabr–dekabr oylari uchun 8,1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ qayta hisob-kitob qilinishiga erishildi.

Iste’molchilarning abonent hisobraqamiga mablag‘larini qayta hisoblash jarayoni davom ettirilmoqda”, – deyiladi agentlik xabarida.

Bundan avval Toshkent viloyatida o‘chib qolgan gaz hisoblagichlarni o‘rnatish vaqtida dalolatnomalar noto‘g‘ri rasmiylashtirilgani aniqlangani hamda Samarqandda aholi xonadonlarida 30 dan ortiq gaz tortish qurilmasi noqonuniy o‘rnatilgani ma’lum bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ramzan Qodirovni tanqid qilgan chechenistonlik bloger o‘ldirib ketildi
Mahalliy
O‘zbekistonda talabalar uchun qishki ta’til muddati belgilandi
Mahalliy
O‘zbekistonda so‘nggi sutkada 153 kishida koronavirus aniqlandi