Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Samarqand shahrida o‘tkazilgan reyd tadbirlarida gaz taqsimlovchi GRPlar hamda aholi xonadonlarida noqonuniy ravishda o‘rnatilgan 30 dan ortiq gaz tortish qurilmalari borligi aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Samarqand shahar hokimligi

Foto: Samarqand shahar hokimligi

Ma’lum qilinishicha, Samarqand shahar hokimligi, shahar IIB, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, elektr tarmoqlari korxonasi va shahar gaz ta’minoti bo‘limi xodimlaridan iborat ishchi guruh tashkil etilib, “Xo‘ja Ahror Valiy”, “So‘zangaron”, “Namozgoh”, “Sadriddin Ayniy”, “Mirzo Ulug‘bek”, “Ko‘l” va boshqa mahallalarda nazorat tadbirlari o‘tkazilgan.

Foto: Samarqand shahar hokimligi

Foto: Samarqand shahar hokimligi

O‘rganishlar jarayonida ma’lum bo‘lishicha, ayrim iste’molchilarning o‘zboshimchalik bilan noqonuniy gaz tortish nasoslari o‘rnatishi gaz bosimining buzilishiga, belgilangan hududlarga gaz yetib bormasligiga sabab bo‘lgan.

Foto: Samarqand shahar hokimligi

Foto: Samarqand shahar hokimligi

Ikki kun davom etgan reyd davomida 30 dan ortiq xonadondagi gaz tortish qurilmalari olib tashlangan. Gazdan noqonuniy foydalangan fuqarolarga belgilangan tartibda chora ko‘rish bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Zaporojyeda raketa bilan urilgan ko‘p qavatli binolar, Limanda ishlayotgan sapyorlar. Urushning 225-kunidan fotoreportaj
Mahalliy
“Yaqinda besh million olgan ekansiz, shu sabab murojaatingiz rad qilindi deb yozaman” — Toshkent viloyati hokimi
Madaniyat
Davron G‘oyipovning qanday kasallikdan vafot etgani ma’lum qilindi