Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ispaniyaning muxtor viloyati Kataloniyadagi San-Kugat-del-Valyes munitsipaliteti shahar mustaqilligi to‘g‘risidagi referendum natijalari bo‘yicha hukumat pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlagani sababli Ispaniya qiroli Filipp VI’ni persona non grata deb e’lon qildi. Bu haqda El National nashriga tayanib “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: “english.elpais.com”

Foto: “english.elpais.com”

Shahar meri Mireya Inglaning ta’kidlashicha, maqsad qirolni emas, balki monarxiyaning o‘zini persona non grata deb e’lon qilish edi.

“Biz har qanaqa monarxiyani, Filipp VI bo‘ladimi, boshqa bo‘ladimi, qoralaymiz”, — deb ta’kidladi Ingla.

Ispaniyada qirolning opa-singillari BAAga, otasi — sobiq monarxning oldiga ketayotganida navbatsiz emlangani uchun nizo kelib chiqqan edi.

Shuningdek, sobiq Ispaniya qiroli 4 million yevro miqdorida soliq qarzlarini to‘lagani haqida xabar berildi.

Avvlroq Yevropa Ittifoqi Venesuelaning hududdagi doimiy vakilini persona non grata deb e’lon qildi. Bunga sabab qilib respublikaning hamjamiyat vakiliga nisbatan xuddi shunday munosabatda bo‘lgani ko‘rsatilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qarshida Cobalt haydovchisi 13 yoshli qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi (video)
Mahalliy
Nogiron fuqaroning bo‘yniga zanjir bog‘langani aks etgan video yuzasidan izoh berildi
Mahalliy
O‘zbekistonning katta qismida hafta oxiriga borib anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda