AQShda 12 yoshli qiz Arizona shtati universitetining talabasi bo‘ldi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.
2021-yilda Alena Uiker uy ta’limida barcha standard darslarni o‘tib, o‘rta makatabni tugatdi va Arizona shtati universitetiga hujjatlarni topshirdi. Alena shu yozda universitet darslariga qatnashishni boshlamoqchi, universitetni bitirgandan keyin National Aeronautics and Space Administration’da (NASA) olim bo‘lishni rejalashtirmoqda.
“Men erishishni istagan maqsadim bor edi. Men har doim muhandis bo‘lishni orzu qilardim, chunki har doim qurishni yaxshi ko‘rganman”, — dedi Alena.
Xabar berilishicha, Alena Uiker astronomiya, planetologiya va kimyo bo‘yicha ikkita ixtisosga ega bo‘ladi. U 16 yoshida universitetni tamomlagach, NASA’ga bormoqchi. U Perseverance missiyasi bilan Marsga yuborilgan transportga o‘xshash texnika yaratish niyatida.
Alenaning konstruksiyalarga qiziqishi bolaligidagi Lego o‘yinchoqlaridan boshlangan.
“U to‘rt yoshida NASA’da ishlamoqchi ekanini va yulduzlarni ko‘rsatib, osmonga uchmoqchi ekanini aytardi. Uning raqamlar, Lego va fan uchun qobiliyati bor edi, shuning uchun men uni rivojlantirishni boshladim”, — dedi qizchaning onasi Dafna MakKuarter.
“Kollejni bitirgunimcha men o‘sha kosmik transportlarning birini o‘zim boshqaraman. Yoshingiz nechada bo‘lishidan qat’i nazar, orzu qiling va uni ro‘yobga chiqaring”, — dedi qiz.
Avvalroq Amerikada Kelvin Tayler ismli erkak 1963-yilda o‘qish uchun puli yetmagani sabab universitetni tashlab ketishga majbur bo‘lgan. Endilikda u boyib ketdi va oliy ta’lim muassasasiga 20 million dollar xayriya qildi.
Mavzuga doir:
- “Grant yutish uchun Eynshteyn bo‘lish shart emas”. 100 ming dollar grant yutib, Yevropaning 3 universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talaba hikoyasi
- Ilon Mask 17 yoshida juda yuqori natijalari sabab dasturlash bo‘yicha testlarni qayta topshirishga majbur bo‘lgan
- “Chet elda faqat boylarning bolasi o‘qiydi deyishardi”. Yevropaning yarmini kezgan va Polshada dasturchilikka o‘qiyotgan o‘zbekistonlik talaba hikoyasi
Izoh (0)