Daryo

Nare va Gedizsiz qolgan “Elchining qizi” seriali reytingi tushib ketmoqda

Serialning tugatilish ehtimoli katta, ammo Star TV bu borada qanday qarorga kelishi haqida aniq bir narsa deb bo‘lmaydi

1 daqiqa o‘qish50 626 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Instagram / sefirinkizidizi

Asosiy qahramon rolini ijro qilgan Neslihan Atagulning ketishi va sujetning tamoman boshqa tomonga o‘zgarishi “Elchining qizi” seriali reytingining tobora tushib borishiga sabab bo‘lmoqda.

Foto: Instagram / sefirinkizidizi

Voqealar rivoji Neslihan gavdalantirgan Nare bilan bog‘liq bo‘lgani sabab ham ssenariy mualliflari bir qahramonni ikkinchisiga almashtirmaslikni, buning o‘rniga yangi qahramon qo‘shishni afzal bilgan.

https://www.instagram.com/p/CMSFap-qIGH/

Tuba Buyukustun ijrosidagi Mavining serialda paydo bo‘lishi va sujetning keskin o‘zgarishi esa serial muxlislarini keskin kamayishi va ijtimoiy tarmoqlarda salbiy izohlar yozib qoldirilishiga sabab bo‘lgan.

Turk teletomoshabinlari tanqid qilayotgan bir paytda xorijlik muxlislar loyihani davom etishini qo‘llab-quvvatlagan. Buni turli tillarda yozib qoldirilgan izohlardan bilish mumkin. Qolaversa, “Pul va gul ishqi” muxlislari sevimli qahramonlari Tuba Buyukustun va Engin Akyurekning takror birga suratga tushishidan xursand. Shunday qilib serial auditoriyasini ikkiga: avvalgi va hozirgiga bo‘lindi deb, aytish mumkin.

https://www.instagram.com/p/CL5Ay1hqLGN/

Serialning tugatilish ehtimoli katta, ammo Star TV bu borada qanday qarorga kelishi haqida aniq bir narsa deb bo‘lmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Neslihan Atagul salomatligi bilan bog‘liq muammo sabab serialda suratga tushishni to‘xtatgan. Undan keyin Gediz rolini gavdalantirgan Uraz Kaygilarog‘lu, ko‘p o‘tmay Levan rolini ijro qilgan Hivda Zizan Alp loyihani tark etgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar