Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qirollik oilasi vakillari o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashishiga nima sabab bo‘lganligiga to‘xtalib o‘tamiz.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Xarid bilan bog‘liq voqea

Yoqimsiz hodisa Megan va Garrining to‘yidan avvalroq yuz bergan. Sobiq aktrisa bu vaqtda shahzoda bilan Kensington saroyida yashayotgan bo‘lgan. U xarid uchun do‘kon aylanmoqchi bo‘lgan va Middltonga birga borishni taklif qilgan. Rad javobini olgan Markl keyinroq Keyt o‘sha kuni xarid amalga oshirganini bilib qolgan. Bo‘lajak ovsinining bunday munosabati uni hayron qoldirgan.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Qirollik ko‘z yoshlari

Gersoginyalar Meganning to‘yi oldidan tortishib qolgan. Saroydagi manbalardan biri Garrining rafiqasi Kembrij gersoginyasini yig‘lashgacha olib kelganini ma’lum qilgan. Markl esa buning aksini ta’kidlagan. Keyt qizi Sharlottaning ko‘ylagi sabab asabiylashgan, to‘yga hech qancha vaqt qolmaganda, libosning o‘lchami jajji malikaga to‘g‘ri kelmagan. Qolaversa, uchinchi farzandini dunyoga keltirganiga hali ko‘p bo‘lmagan malikaning gormonal foni qayta tiklanmagani ham uning emotsiyaga berilishiga sabab bo‘lgan. Megan ham o‘z navbatida ommaning e’tiborini o‘ylab, qattiq hayajonlangan. Libosning to‘g‘ri kelmagani tufayli asabiylashgan malikalarning har ikkisi ko‘z yoshi to‘kkan. “Bu hikoyaning ikki tomoni bor. Biz ularning ikkalasini ham eshitdik”, — degan manba.

Niqoblarning yechilishi

Megan Markl shov-shuvlarga sabab bo‘lgan intervyusida Keyt unga uzr so‘rab maktub yozganini bildirgan. Bundan boshi ko‘kka yetgan sobiq aktrisa bo‘lib o‘tgan voqeani unutishni xohlagan. Ammo birozdan keyin janjal haqidagi ma’lumotlar tarqalgan. Markl unga tuhmat qilinayotganini ta’kidlagan. U saroyda haqiqatga erishmoqchi bo‘lgan: ammo keyinchalik har qanday mojaroda jabrlanuvchi Keyt bo‘lishini tushunib yetgan. Shundan keyin u shunchaki gersoginyadan uzoqroq yurishga ahd qilgan.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Megan, Middlton uzr so‘ragani haqida ma’lum qilganidan keyin ushbu holat bilan bog‘liq boshqa versiyalar ham paydo bo‘lgan. Unga ko‘ra, Markl Kembrij gersoginyasi, ya’ni Keyt bergan gullarni axlat chelakka uloqtirgan. Bu mish-mishga nisbatan saroy vakillari tomonidan hech qanday raddiya berilmagan.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Uilyam va Garrining munosabatlari

Aslida aka-ukalar o‘rtasidagi munosabatlar Megan paydo bo‘lishidan avvalroq ham u qadar yaxshi bo‘lmagan, ammo keyinchalik yanada qaltislashgan. Uilyam ukasini qirollik oilasining amaldagi a’zosi lavozimini tark etishiga nisbatan tanqidiy munosabat bildirgan. Megan va Keyt esa turmush o‘rtoqlarini qo‘llab-quvvatlashda davom etgan. Ular mazkur adovatdan qayg‘uda, ammo har ikkisi ham o‘z shahzodalarining haqligini ma’qullaydi.

Megan Keytning saroy va shaxsiy hayot borasidagi fikrlariga qo‘shilmaydi. U oilaviy munosabatlarning rasmiy munosabatlardan ustunroq bo‘lishini istaydi, ammo saroyning o‘z an’ana va qoidalari bor. Middlton bariga ko‘nikkan, Markl esa turmush o‘rtog‘ini ulardan qochishga undagan. O‘g‘lining bu qilmishidan keyin shahzoda Charli Garrining telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermay qo‘ygan.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Yashirib bo‘lmaydigan adovat

2020-yilgi Hamdo‘stlik kuni doirasidagi omma oldiga chiqishida ularning do‘stligi haqida unutish kerakligi tushunarli bo‘lgan. Bunga shahzodalarning o‘zini tutishi ham sabab bo‘lgan. Megan, Uilyam va Keytga biroz muloyimroq munosabatda bo‘lishga uringan Garri hech kimni pisand qilmagan.

Gersoginyalar rasmiy salomlashish bahonasidagina gaplashgan. Tadbir davomida ulardan hech biri suhbat boshlashga urinmagan. Shunda ular o‘rtasidagi munosabatlar Uilyam va Garriniki singari keskinlashayotgani ma’lum bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“100 ga yaqinidan 73 tasi yangilandi”. Dehqonoboddagi jin ko‘priklarning nechtasi yangilanganiga aniqlik kiritildi (video)
Sport
Lionel Messi MLS’ga o‘tsa, liga klublari futbolchining maoshini to‘lashga yordam berishga tayyor
Mahalliy
O‘zbekistonda fevral oyida 25 mlrd so‘mlik noqonuniy davlat xaridlari aniqlandi