Daryo

Megan Markl va shahzoda Garri ikkinchi marta farzandli bo‘ladi

Bolaning dunyoga kelish sanasi va jinsi hali ma’lum emas

1 daqiqa o‘qish40 144 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Hello

Britaniyaning 36 yoshli shahzodasi Garri va uning rafiqasi Megan Markl ikkinchi marotaba ota-ona bo‘ladi. Bu haqda oilaning rasmiy vakili People jurnaliga xabar bergan, deb yozadi Esquire.

Foto: Hello

Archining aka bo‘lishini tasdiqlagan vakil gersog va gersoginya ikkinchi marta farzandli bo‘lishidan juda ham xursand ekanini qo‘shimcha qilgan. Bolaning dunyoga kelish sanasi va jinsi hali ma’lum emas. Ushbu e’londan tashqari, qirollik oilasining suratchisi Misan Xarriman ham juftlikning yangi oq-qora surati bilan bo‘lishgan.

Foto: Instagram / misanharriman

Time jurnalida ushbu xabardan Yelizaveta II, uning eri Filipp va o‘g‘li shahzoda Charlz hamda butun oila shod bo‘lgani va ularga eng yaxshi tilaklarni tilashi haqida yozilgan.

Shahzoda Garri va Megan Markl 2018-yil 19-may kuni turmush qurgan, 2019-yilning 6-mayida esa ilk marta farzandli bo‘lgan va unga Archi deb ism qo‘ygan. 2020-yilda moliyaviy mustaqil bo‘lishga qaror qilgan juftlik Kanadaga keyin, AQShga ko‘chib o‘tgan.

2020-yilning kuzida Megan The New York Times nashridagi maqolasida, iyul oyida bolasi tushib qolganini ma’lum qilgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar