Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

12-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Yashnobod tumanidagi 300 yillik eman kesilayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. E’lon qilingan suratlardan ko‘rish mumkinki, daraxtning bir nechta shoxlari kesilgan. Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi mazkur vaziyatga o‘z munosabatini bildirdi.

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, 9-mart kuni Toshkentning Yashnobod tumani hududida noqonuniy daraxt kesilishi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat kelib tushgan. Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida boshqarma rahbariyati tomonidan tezkor ishchi guruh tuzilib, murojaatda qayd etilgan manzilda batafsil o‘rganish ishlari olib borilgan.

Foto: Facebook / “Troll.uz”

Foto: Facebook / “Troll.uz”

“Olib borilgan dastlabki o‘rganish ishlari davomida tumanning “Boyqo‘rg‘on” mahallasi, Qamashi ko‘chasidagi 35-uyda yashovchi fuqaro R.Z. bir tup eman daraxtini butalagani aniqlandi. Dastlabki surishtiruv natijasida aniqlanishicha, ushbu hudud Yashnobod tumani hokimining tegishli qarori asosida bu fuqaroga biriktirilgan.

Ishchi guruh tomonidan ‘Yergeodezkadastr’ tuman bo‘limiga qonuniyligini tekshirish maqsadida savolnoma yuborildi. Ma’lumotnoma to‘liq olinmagunga qadar daraxtga tegmaslik yuzasidan fuqarodan kafolat xati olinganini ma’lum qilamiz”, — deyiladi xabarda.

Boshqarmaning ta’kidlashicha, “Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalardan foydalanishni tartibga solish va ulardan foydalanish sohasida ruxsat berish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarorining 37-bandiga binoan “yuridik yoki jismoniy shaxslarning mulki bo‘lgan va ular tomonidan yog‘och-taxta va hosil olish uchun ekilgan daraxtlar va butalarni, shu jumladan, ipak qurtini boqish maqsadida tut daraxti shoxlarini kesishga Davlat ekologiya qo‘mitasi organlarining xulosasi talab etilmaydi”.

“Gazeta.uz”ning Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga tayanib yozishicha, mazkur eman daraxti taxminan 150 yoshda.

13-mart kuni Yashnobod tuman hokimi Baxtiyor Rahmonqulov videomurojaat bilan chiqish qilib, “yuz yillik emanning noqonuniy kesilishi butunlay to‘xtatilganini” ma’lum qildi.

“Ushbu daraxt ham tarixiy, ham ekologik meros ekanligi hisobga olinib, u tumanning ekologik merosi kitobiga kiritildi va Yashnobod tumani hokimligi ushbu daraxt nazoratini to‘liq zimmasiga oladi”, — deydi u.

Tuman hokimi daraxt kesilmasliga va’da bergan. Shuningdek, u sodir bo‘lgan vaziyat sabab tuman aholisidan kechirim so‘ragan va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlar to‘g‘risida bildirilgan ogohlantirish uchun minnatdorchilik izhor etgan.Eslatib o‘tamiz, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi daraxtlar va butalarni kesishga moratoriy bir yilga uzaytirilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritgan edi. Shuningdek, daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun jarima miqdori ikki baravarga oshirilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi