• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Saida Mirziyoyevadan Asal Shodiyevagacha: “Muzey qanday tuzilgan” bolalar kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi (foto)

    Toshkent Politexnika muzeyida 10-mart, chorshanba kuni “Muzey qanday tuzilgan” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

    Marosimda qayd etilishicha, ushbu bolalar kitobining o‘zbek tilidagi moslashtirilgan tahriri Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Latviyadagi ABC Design nashriyoti bilan hamkorlikda chop etilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Tadbir avvalida Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Kengashi raisining o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva nutq so‘zladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Aziz do‘stlar, bugun e’tiboringizga kichik, ammo shu bilan birga o‘ziga xos loyihani taqdim etmoqchimiz. Biz yashayotgan yuqori texnologiyalar davrida bolalarning muzeylar va boshqa madaniy obyektlarga bo‘lgan qiziqishini saqlab qolish tobora qiyinlashib bormoqda. Shuni anglab, tushungan holda ushbu kitobni bolajonlar va ota-onalar e’tiboriga havola qilishga qaror qildik.

    Mazkur kitobni o‘zim ham qo‘limga tushgan zahoti katta qiziqish bilan, miriqib o‘qib chiqdim. Unda muzey eksponatlari, suratlardagi personajlar o‘zlari haqida erkin va sodda tilda hikoya qiladi. Uning yordamida siz muzey ortidagi hayot, omborxona, kartinalar qanday saqlanishi, restavratsiya qilinishi, qay tarzda zalga qo‘yilishi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lasiz.

    Men bolalarning erkin va kuchli ichki motivatsiya yordamida bilim olishlari tarafdoriman. Ba’zan farzandlarimning suhbatlarini tinglay turib, qaysidir ma’noda ular bilim borasida mendan o‘zib ketishganini his etaman. Aslida, men uchun bundan ortiq quvonch yo‘q.

    Bolajonlar qalbida tarixga, san’at va madaniyatga ishtiyoq hamda muhabbat paydo bo‘lishida ushbu kitob katta ahamiyat kasb etishiga ishonaman”, — dedi Saida Mirziyoyeva.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Shuningdek, marosimda maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin, xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov hamda Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining ijrochi direktori Gayane Umerovalar ham kitob to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ma’lum qilinishicha, muzeylar tarixi haqida bolalar uchun illyustratsiyalarga boy mazkur kitobda rassom David Byom asarlaridan foydalanilgan, matn mualliflari: Ondrjey Xrobak, Rostislav Korichanek va Martin Vanek. Ensiklopediya katta albom shaklida tuzilgan bo‘lib, u ajoyib illyustratsiyalar va maxsus topishmoqlardan iborat. Kitobda ko‘p jihatli ma’lumotlar ham mavjud.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Muzey qanday tuzilgan” kitobi Moraviya galereyasi (Brno, Chexiya)ning tashabbusi bilan birinchi marta nashr qilingan. Kitobning rus tilidagi tahriri “Garaj” zamonaviy san’at muzeyi va “Ad Marginem” nashriyotining qo‘shma bosma dasturidir. Ushbu kitob Bolonyada o‘tkaziladigan xalqaro bolalar kitobi yarmarkasida (Bologna Cilddren’s Book Fair) g‘olib bo‘lgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov OAV vakillariga bergan intervyusida ushbu kitob bolalarni muzey va boshqa madaniy muassasalarga oshno qilishda muhim rol o‘ynashini qayd etdi.

    “Hozir to‘rtinchi sanoat inqilobi boshlangan davrda ko‘plab kasblarda ishni robot bajarmoqda. Agar bolalarimiz bu zamonda raqobatbardosh bo‘lishini xohlasak, ularda robot bajara olmaydigan ko‘nikmalarni shakllantirishimiz kerak. Bunday xislatlar ijodkorlik va kreativlik kabilardan iborat.

    ‘Muzey qanday tuzilgan’ kitobi aynan shunday yo‘nalishda bolalar bilim olishiga yordam beradi.

    Muzeyga borish deganda grafik qilinib, hamma yig‘ib olib boriladi. Lekin bunday tashriflar bolalarga qanchalik qiziq bo‘lgan? Muzeylar haqida bugun taqdimoti o‘tkazilayotgan kitobni o‘qigan bolalarning o‘zi ularga qiziqadi. Buning bilan o‘sib kelayotgan bolalar madaniyat iste’molchisi sifatida shakllanadi, muzeylarga oilasini ham olib boradi va muzeyga kelib hordiq chiqarish oilaviy an’anaga aylanadi”, - dedi Shermatov.

    Kitobning o‘zbek tilidagi moslashtirilgan tahririga I.V. Saviskiy muzeyining kolleksiyasidan Aleksandr Nikolayev (Usta Mo‘min), Viktor Ufimsev, Aleksandr Shevchenko, Nikolay Karaxan, Yevgeniy Lisenko, Aleksandr Volkov kabi mashhur rassomlarning asarlari kiritilgan.

    Bundan tashqari, kitobdan Damir Ro‘ziboyev, Vyacheslav Useinov va Joldasbek Quttimuratov kabi O‘zbekiston tasviriy san’atining zamonaviy vakillari asarlari ham o‘rin olgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Taqdimotda ishtirok etgan taniqli aktrisa Asal Shodiyeva “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonovga bergan intervyusida ushbu kitob haqida o‘z fikrlarini bildirdi:

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn institutida o‘qiganim boismi, muzeylarga sayohat qilish, ular to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishga juda qiziqaman. Ushbu kitob rang-barangligi va rasmlarga boyligi bilan e’tiborimni tortdi. Aynan shu jihatlar sabab ham bolajonlarda kitobga nisbatan qiziqish uyg‘onadi, deb o‘ylayman. ‘Muzey qanday tuzilgan’dagi ma’lumotlar uni o‘qigan odamning, ayniqsa, bolalarning xotirasida uzoq yilgacha saqlanib qolishi shubhasiz.

    Farzandim hali kichkina, ammo unga bu kitobdagi rasmlarni kunora ko‘rsatib, san’atga ishtiyoqini oshirib borish niyatidaman. Harf taniy boshlagan vaqtidan esa muzeylar haqidagi qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishtiraman. Qisqasi, bu kitob juda ham foydali qo‘llanma bo‘libdi”.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Taqdimotdan so‘ng bolalar uchun rangli qog‘ozlardan turli narsalar yasash bo‘yicha mahorat darsi o‘tildi. Shuningdek, illyuzion shou ham tashkil etildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Mavzuga doir:

    • Saida Mirziyoyeva “Ko‘ngil ko‘zi” loyihasi doirasida ko‘rish qobiliyati yaxshilanayotgan jizzaxlik bolalardan xabar oldi
    • Saida Mirziyoyeva “Mendirman Jaloliddin” haqida: Serialimiz kimgadir yoqishi, kimgadir ma’qul kelmasligi tabiiy
    • AOKAda jurnalistikaga oid 10 jildlik qo‘llanmaning taqdimoti o‘tkazildi
    • Londonda ilk bor ingliz tiliga tarjima qilingan “Kecha va kunduz” romanining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

    10.03.2021, 19:46   Izoh (0)   41955
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ozodbek Nazarbekov “Mendirman Jaloliddin” serialining birorta sahnasi O‘zbekistonda suratga olinmaganiga izoh berdi

    10.03.2021, 19:22

    Ozodbek Nazarbekov aktyorlar — Alisher Uzoqov va Adiz Rajabovning “Mendirman Jaloliddin” serialida rol ijro etmagani sababini aytdi

    09.03.2021, 15:32

    “Kino zo‘r chiqdi”. Shavkat Mirziyoyev aktrisa Yulduz Rajabovani ijodni susaytirmaslikka chaqirdi

    08.03.2021, 12:10

    Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi 8-mart—Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosim – suratlarda

    07.03.2021, 08:55

    AQShga ko‘chib ketgan o‘zbekistonlik mashhurlar. 2-qism (foto)

    06.03.2021, 09:53

    “Tos suyagim maydalangan, yuzimning yarmi yo‘q edi”. Aktrisa Xosiyat Husanova mudhish avtohalokatga uchrab, tirik qolgani haqida gapirib berdi (video)

    04.03.2021, 22:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sirdaryoda qalbaki 1 600 dollarni sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 18:05

    “Man Siti” Abduqodir Husanovni “Lion”ga tekinga ijaraga berishni istamadi — OAV

    Sport | 21 iyun, 17:22

    Toshkentdagi 1-sonli tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslar soni belgilangan me’yordan oshgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 17:10

    O‘zbekistonda 22-iyun kuni havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 16:50

    CBS: AQSH va Yevropa Ittifoqi diplomatlari Xomanaiyning bo‘lajak vorisini muhokama qilmoqda

    Dunyo | 21 iyun, 16:20

    Ilkay Gundo‘g‘an Turkiya klubiga o‘tishi kutilmoqda

    Sport | 21 iyun, 16:16

    Tunisning sobiq prezidenti 22 yil qamoq jazosiga hukm qilindi

    Dunyo | 21 iyun, 15:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.