Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Londonda ilk bor ingliz tiliga tarjima qilingan “Kecha va kunduz” romanining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: TIV matbuot xizmati

Foto: TIV matbuot xizmati

2020-yil 17-yanvar kuni O‘zbekistonning London shahridagi elchixonasida zamonaviy o‘zbek she’riyati va adabiyotining asoschilaridan biri Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lponning birinchi marta ingliz tiliga tarjima qilingan “Night and Day” (“Kecha va kunduz”) romanining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tarjima muallifi yosh olim, AQShning Michigan universiteti slavyan tillari va adabiyoti kafedrasi ma’ruzachisi Kristofer Fort hisoblanadi. U deyarli bir yil O‘zbekistonda yashab, XX asrdagi o‘zbek adabiyoti bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishi uchun materiallar to‘plagan va o‘zbek tilini o‘rgangan.

2019-yilda Kristofer dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. U Ilmiy ishida mahalliy xalqning madaniy-tarixiy an’analari, islohotchilarning taraqqiypavar g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan XX asr boshidagi o‘zbek adabiyotining noyobligini isbotlab berdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan korxonalar ro‘yxati tasdiqlandi
Mahalliy
“O‘zsanoatqurilishbank” kapitaliga 125 million dollar, “Asakabank”ka 100 million dollar jalb etiladi
Dunyo
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga kelmoqchi