• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Tos suyagim maydalangan, yuzimning yarmi yo‘q edi”. Aktrisa Xosiyat Husanova mudhish avtohalokatga uchrab, tirik qolgani haqida gapirib berdi (video)

    Taniqli kino va teatr aktrisasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Xosiyat Husanova UzReport telekanalining “O‘ylarim” ko‘rsatuviga bergan intervyusida 13 yil avval mudhish avtohalokatga uchrab, omon qolgani haqida so‘zlab berdi.

    Foto: YouTube skrinshot

    Foto: YouTube skrinshot

    “2008-yil ayni gullab kelayotgan davrim, unvon olishga nomzodim qo‘yilayotgan payt edi. May oyida uyimning oldida, Mevazorda avtohalokatga uchradim. O‘shanda juda qattiq avariya bo‘lib, o‘zimning ko‘z oldimda o‘zim o‘ldim. Damas avtomashinasi Nexia’ga urilib, undan qochib, daraxtzorga kirib ketdik va katta chinor daraxtiga aynan men o‘tirgan joy tegganidan so‘ng Damas yig‘ilib qolgan. Men o‘sha paytda yo‘lidan to‘xtab, bizga yordam bergan haydovchilarni haligacha duo qilaman. Ularni ko‘rmaganman, tanimayman, ammo ovozini eshitganman.

    ...O‘rtada qorong‘ilik, bitta kadr yo‘q. Shundan keyin menga kimningdir juda uzoqdan qattiq ingrayotgani eshitildi. Qorong‘ilikda o‘sha ingrayotgan odamga yordam berishga shoshilyapman, uni qidiryapman, qidiryapman, ammo hammayoq qorong‘i bo‘lgani uchun topolmayapman. Keyin ovoz menga sekin-sekin yaqinlashdi. Oxiri ovoz o‘zimning ovozim ekanligini bildim. Ko‘zimni ochsam, haydovchilar menga qarab yugurib kelayotgan ekan. Nafas olaman desam, mashinaga qisilib qolgan ekanman. Nafas ololmasdan, o‘sha yerda o‘lib qoldim, rostdan o‘ldim. Chunki odam bir-ikki daqiqa nafas olmasa, o‘ladi-ku, to‘g‘rimi?!

    Keyinroq aytib berishlaricha, o‘sha payt Damas’ni ko‘pchilik bo‘lib sindirib, ochishgan. Ko‘p erkaklaring kuchi kuch ekan-da. Belimdan tepasi qisilib qolgani uchun ko‘pchilik bo‘lib meni mashina ichidan tortib olishgan. Ularning yordami bilan nafas ola boshlaganman. So‘ngra meni qaysidir mashinaga solishib, zudlik bilan 16-son shahar shifoxonasiga yetkazishgan. U yerdagilar san’atkorligimni ko‘rib, darhol yordam ko‘rsatishgan”, — deydi aktrisa.

    Xosiyat Husanovaning aytishicha, uni shifokorlar “bir umr ko‘rpaga mixlanib qoladi”, deyishgan.

    “Avariya oqibatida tos suyaklar umuman maydalanib ketgan, son ikkiga bo‘linib, yuzimning yarmi yo‘q bo‘lgan. Yuzim bu holatga qaytadi, deb o‘ylamagandim. O‘shanda ‘Oyoqqa turmaydi, bir umr kolyaskada o‘tiradi, ko‘rpaga mixlanib qoladi’, degan gaplarni ham eshitganman. Bu gaplarni eshitganingda tugarkansan odam. Undan ko‘ra o‘lgan yaxshi-da. “Nega meni qutqarishdi, nimaga men o‘sha joyda o‘lib keta qolmadim?”, degan fikrlar hayolimdan kechgan.

    U vaqtda farzandim 5-sinfda o‘qirdi. ‘O‘lib qolsam, bitta-yu bitta qizim kimning qo‘lida qolib ketadi’, deb ko‘p o‘ylaganman. Qizimning baxtiga omon qoldim. Bu Allohning menga bergan mo‘jizasi-da! Hozir o‘zimga o‘zim qoyil qolaman, sababi yuragim baquvvat, kuchli ayol ekanman”, — deydi u.

    Foto: YouTube skrinshot

    Foto: YouTube skrinshot

    Aktrisa intervyu davomida ikki yilda sog‘ayib, oyoqqa turganini ta’kidlagan.

    “Bir yil bir joyda yotgan bo‘lsam, ich-etimni kemirib, adoyi tamom bo‘lganman. Choyshabimni almashtirish uchun to‘rt nafar odam kerak bo‘lardi. Ichimda temir, tashqarimda temir... hozir ham qolib ketgan temirlar bor. To‘rt nafar odam stoldek to‘g‘ri, tekis ko‘targan paytda choyshabimni almashtirib olishardi. Yotgan joyimda sochiqda yuvintirishardi.

    Ustozim Yoqub Axmedovga, hamkasblarimga katta rahmat. Tanigan, tanimaganlar ham ko‘rgani borishgan. Oylik maoshimni vaqtida uyimga yetkazib turishgan. ‘Otasiz qolgan farzandimni kim boqadi, men oyoqqa turishim kerak’, degan qattiq maqsadni oldimga qo‘yganman. Bir yildan so‘ng o‘rnimdan turishni o‘rgatishdi, qo‘ltiqtayoqda yurishni o‘rgandim. Bir yilda qo‘ltiqtayoqni ham tashladim. Dardini bergan Allohim shifosini ham berarkan. Qizimni yetim bo‘lib qolishdan Allohning o‘zi asradi, farzandimning baxti bor ekan”, — deydi Xosiyat Husanova.

    Eslatib o‘tamiz, Xosiyat Husanova 2015-yilda 47 yoshida ikkinchi farzandi, ya’ni o‘g‘lini dunyoga keltirgan. U qizini turmushga uzatgan, bir nafar nabirasi bor.

    Mavzuga doir:

    • Xosiyat Husanova: Fathulla Mas’udovning vafot etishini bilganimda tiz cho‘kib kechirim so‘rardim
    • “O‘zbekistonda yashasang — tozala! Yo‘qsa, Rossiyangga bor!”. Aktrisa Xosiyat Husanova qo‘shnilari bilan tortishib qoldi
    • “Ko‘chaga kamera qo‘yaman. Agar chiqindi tashlasa, sudga beraman”. Xosiyat Husanova tarqalgan videolariga izoh berdi
    • Shifokorlar aktrisa Xosiyat Husanovani 47 yoshda tug‘ishdan qaytarishga uringani ma’lum bo‘ldi

    04.03.2021, 22:03   Izoh (0)   37838
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Angliyadagi qamoqxona devorida Benksi tomonidan chizilgani taxmin qilinayotgan graffiti paydo bo‘ldi

    03.03.2021, 11:34

    Taniqli adib Sa’dulla Siyoyev 82 yoshda vafot etdi

    22.02.2021, 11:31

    30 yoshga kirmay vafot etgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto)

    15.02.2021, 20:35

    “Shaytanat”dagi Hongireydan Zarina Nizomiddinovagacha: Rossiyada yashayotgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto)

    12.02.2021, 12:34

    “Bu idishlarda mehnat bilan, yurak bilan birga tarix ham bor”: Shavkat Mirziyoyevning Rishtondagi kulolchilik markaziga tashrifi (foto)

    06.02.2021, 10:11

    “Ko‘ngil ko‘chalari”, “Mehrobdan chayon” seriallari rejissori Mahkam Muhammedov olamdan o‘tdi

    05.02.2021, 10:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.