• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12496.94
    • RUB159.38
    • EUR14405.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoroda YuNESKO himoyasidagi tarixiy markazda mehmonxona qurilishi aholi noroziligiga sabab bo‘ldi. Hokim har qanday vaziyatda ham aholi manfaati birinchi o‘rinda ekanligini aytdi

    Buxoroning eski shahrida ta’mirlash ishlari ketayotgan ko‘chalarning biridagi tunuka to‘siqlarda “Yo‘qolsin mahalla raisi!”, “Qachongacha bu hol davom etadi?”, “Noqonuniy qurilish! Hokimlar qayerga qarayapti?!”, deya yozilgan suratlar paydo bo‘ldi, shuningdek, YuNESKO himoyasidagi tarixiy markazda mehmonxona tiklanayotgani ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida “Daryo” muxbiri surishtiruv o‘tkazdi.

    Foto: Telegram

    Surishtiruvga ko‘ra, Buxoroning eski shahrida joylashgan YuNESKO himoyasida bo‘lgan qadimiy “Gavkushon” ansambli qoshida ko‘p qavatli mehmonxonaning qurilishi aholining noroziligiga sabab bo‘lgan. Mutasaddilar bu holatga bir necha yildan buyon e’tibor qaratmagach aholi o‘z noroziligini hududda ta’mirlash ishlarida foydalanilayotgan tunuka to‘siqlarga yozish orqali namoyish etgan.Bildirilishicha, “Gavkushon” ansambli 1993-yilda tarixiy markaz sifatida YuNESKO muhofazasiga olingan bo‘lib, u “Gavkushon” hovuzi, “Gavkushon” madrasasi, “Xo‘ja kalon” minorasi va, shuningdek, “Olimjon” karvonsaroyini o‘z ichiga oladi. Mazkur hudud “Hamid Olimjon” MFYga kiradi.

    Foto: “Daryo”

    2021-yilda mahalla “Obod mahalla” davlat dasturiga kiritilgani bois ansamblda ta’mirlash ishlari boshlanganiga bir necha kun bo‘lgan. Biroq mahalla aholisi temir to‘siqlar ortidagi hududda ko‘p qavatli mehmonxona qurilishi nazarda tutilgani sabab uch yildan buyon e’tiborsiz va tashlandiq ahvolda qoldirilganini, bu esa ularning aziyat chekishiga sabab bo‘layotganini bildirmoqda. Aholining noroziligi aynan shu yerdan boshlangan.

    Foto: “Daryo”

    Buxoro shahar hokimining 2018-yil 28-iyundagi qaroriga asosan, “Prime Real Estate” MChJga YuNESKOning butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan va uning muhofazasiga olingan shaharning tarixiy qismida joylashgan “Olimjon” karvonsaroyining g‘arb tomonidagi bo‘sh yer maydonida, sobiq “Epifanov savdo uyi” o‘rnida mehmonxona qurish uchun yer maydoni ajratilgan. “Daryo” muxbirining aniqlik kiritishicha, 2018-yilning 30-iyunida Buxoro shahar hokimining Yer uchastkalari berish masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiya yig‘ilishi qaroriga ko‘ra, mehmonxona binosi qurilishi uchun tanlangan mazkur yer maydoni shahar hokimligining qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan zaxira yerlari hisobida ekanligi aytib o‘tilgan. Va “Prime Real Estate” MChJga mehmonxona binosi qurish uchun yer maydoni istisno tariqasida hech qanday tanlovsiz ajratib berilgan.

    Mehmonxona qurilishi mo‘ljal qilingan yer-maydoni.

    Mehmonxona qurilishi mo‘ljal qilingan yer-maydoni.
    Foto: “Daryo”

    Shimoldan “Gavkushon” ansambli, sharqdan “Olimjon” karvonsaroyi, janubdan yakka tartibdagi uy-joylar hamda g‘arbdan “Namozgoh” va “Bahouddin Naqshband” ko‘chalari bilan chegaradosh mazkur yer maydonida mehmonxona tiklanishiga mahalliy aholi qarshilik ko‘rsatib kelmoqda.

    Foto: “Daryo”

    “Buxoro shahar hokimligi tomonidan o‘sha paytda noto‘g‘ri qaror chiqarilgan. Hatto o‘sha hujjatlarni imzolatishda ham marhum shahar hokimi Karim Kamolov ko‘ziga chap berishgan. Juda ko‘p tashkilotlarga murojaat qildik. Shundoq hovlilarimiz oldi uch yildan buyon tashlandiq va qarovsiz ahvolda. Avvalgi shahar hokimi hayotlik davrida 2019-yil o‘rtalarida ham, 2020-yil boshlarida ham o‘zboshimchalik bilan boshlangan ushbu qurilish ishlarini to‘xtatib kelgan edi. Afsuski, o‘limidan uch kun o‘tar-o‘tmas, qurilish tashkiloti vakili Abdulla Aminov texnika vositalari bilan kelib, ish boshladi. Biz qarshilik ko‘rsatishga majbur bo‘ldik”,— deydi fuqaro Qudrat Niyozov.

    Foto: “Daryo”

    “Hamid Olimjon” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Sobira Jo‘rayevaning tasdiqlashicha, mazkur mahalla hududi 409 gektardan iborat bo‘lib, 720 ta xonadonda 3016 nafar aholi yashaydi. Jami 24 ta ko‘cha mavjud. Mehmonxona tiklanishi kerak bo‘lgan manzil me’yoriy hujjatlarda “Xo‘ja Rangrez” deya yuritilgan bo‘lib, ish Gavkushon ko‘chasida olib borilmoqda.

    Sobira Jo‘rayeva.

    Sobira Jo‘rayeva.
    Foto: “Daryo”

    “Buxoro shahar hokimligi tomonidan 2018-yilda chiqarilgan qarorda ham, undan keyingi ma’lumot va hujjatlarda ham mehmonxonani tiklash joyining nomi “Xo‘ja Rangrez” deb ko‘rsatilgan. Biroq Xo‘ja Rangrez ko‘chasi nafaqat ushbu mahallada, boshqa joyda ham borligi haqida eshitmagan ekanman. Eng qizig‘i, ayni paytda Gavkushon deb yuritilayotgan ko‘chaning avvalgi nomi ham Shaumyana bo‘lgan. Inshootni esa Gavkushon ko‘chasida bunyod etish choralari ko‘rilyapti”, — deydi Sobira Jo‘rayeva.

    Buxoro shahar hokimligi qurilish bo‘limi mutaxassisining aytishicha, mehmonxona tiklanishi uchun ajratilgan yer maydoni mahalliy aholi uy-joylari hamda “Olimjon” karvonsaroyi o‘rtasida, ya’ni “Epifanov” nomi bilan ataluvchi sobiq savdo uyi o‘rnida mo‘ljallangan bo‘lib, ushbu masofa jami 30 metrdan iborat.

    Foto: “Daryo”

    “O‘zi shundoq ham eski shaharning juda tor va nosoz manzilidamiz. Birimiz bir sotixdan kam va birimiz bir sotixdan ozgina ko‘proq bo‘lgan joylarda 5-7 nafar oila a’zolarimiz bilan yashaymiz. Mehmonxonaning tiklanishi esa nafaqat havo aylanishi, balki darvozamizning tagigacha bo‘lgan joylarning o‘zlashtirib olinishiga sabab bo‘lmay qolmaydi. Bunday ahvolda qanday yashash mumkin?! Undan ko‘ra shu yerni bolalarimiz uchun o‘yingoh qilib berishsin”, — deydi fuqaro Ozoda Qudratova.

    Ozoda Qudratova.

    Ozoda Qudratova.
    Foto: “Daryo”

    Surishtiruv jarayonida aniqlik kiritilishicha, “Prime Real Estate” MChJ tomonidan mehmonxona tiklanishi uchun olib borilishi lozim bo‘lgan birlamchi ishlar 2020-yil sentabr oyidan buyon aholining noroziligi tufayli to‘xtatilgan. Ushbu jarayonda “Olimjon” karvonsaroyi tarixiy obidasining devori yonidan 1-1,5 metr ham uzoqlikda bo‘lmagan joyning 14 ta yeridan har birining chuqurligi 12-13 metr bo‘lgan o‘ralar qazilgan. Ayni paytgacha chuqur o‘ralarning usti yupqa taxtalar va qum bilan xo‘jako‘rsinga yopib qo‘yilgan. Xavfsizligi ta’minlanmagan. Kovlangan o‘ralarning qumlari esa aholi yashaydigan manzilga chiqarib tashlangan. Ustiga-ustak, qarovsiz qolib kelayotgan bu joy o‘z-o‘zidan axlatxonaga aylantirib yuborilgan.

    “Gavkushon” ansambli.

    “Gavkushon” ansambli.
    Foto: “Daryo”

    Fuqaro Said Iskandarovning “Daryo” muxbiriga bildirishicha, Karim Kamolov shahar hokimligi davrida qaror chiqargan bo‘lsa-da, viloyat rahbari etib tayinlangach, pandemiya davrida holat bilan yaqindan tanishgan va ushbu manzilda mehmonxona tiklanishiga qarshilik ko‘rsatgan. Hududni tekislatib tozalatgan va bu yerda faqat obodonlashtirish ishlarini olib borish kerakligini bildirgan.

    Said Iskandarov.

    Said Iskandarov.
    Foto: “Daryo”

    “Prime Real Estate” MChJ xodimi, ya’ni qurilish tashkilotining Buxorodagi boshqaruvchisi Abdulla Aminovga ko‘ra esa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16—17-fevral kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi davomida bergan topshirig‘i, shuningdek, Shavkat Mirziyoyevning “2017—2019-yillarda Buxoro viloyati va Buxoro shahrining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro shahridagi Xo‘ja Rangrez ko‘chasidagi shahar hokimligi zaxira yerlari hisobidan mehmonxona binosi qurish uchun 500 kvadrat metr yer maydoni ajratilgan. Mazkur hududda mehmonxona binosi qurilishi uchun tanlangan yer maydonini ajratish dalolatnomasi komissiya tomonidan tasdiqlangan. Qurilishga O‘zbekiston Madaniyat vazirligi o‘rinbosari imzo chekkan hujjat bilan ruxsat berilgan. Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamenti ilmiy-ekspert kengashining 2010-yil 19-dekabrdagi majlis bayoni 36-bandida bu zamonaviy uch qavatli qurilishga ruxsat berilgani aks etgan.

    “Prezidentning qaror va topshiriqlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qaysidir farmoyishlarini ro‘kach qilishmoqda. Lekin bu amaldagi qonunchilikka zid. ‘Prezident Buxoroga kelgan paytida shaxsan topshiriq berdi. Bu topshiriqqa asosan ish ko‘ryapmiz’, degan gap mutasaddilarning o‘zidan mas’uliyatni kamaytirish uchungina aytilgan gap, xolos. Axir bu qaror va farmonlar tegishliligiga ko‘ra, turizm salohiyatiga muvofiq keladigan manzillarda qurilish ishlarini olib borishga qaratilgan emasmi?! Uni istalgan joyda va o‘zaro ‘kelishuv’ asosida ‘tanlangan’ yer maydonlarida qo‘llash — Prezident siyosatiga qarshi borish, deganimasmi?”, — deydi Gavkushon ko‘chasida yashovchi fuqaro Ulug‘bek Hasanov.

    Foto: “Daryo”

    Ta’kidlanishicha, mehmonxonaning tiklanishi “Olimjon” karvonsaroyi ko‘rinishiga ham xalal beradi.

    Abdulla Aminov esa mazkur manzilda ko‘p qavatli kichik mehmonxona tiklash uchun barcha me’yoriy hujjatlar tayyorlangani, yer maydoni shaharsozlik normalariga to‘g‘ri kelishi, sanitariya va yong‘inga qarshi me’yorlar talabiga javob berishini bildirdi.

    “Mehmonxona tiklanishi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab chiqarish boshqarmasi komissiyasi, viloyat Qurilish bosh boshqarmasi, viloyat Qurilish boshqarmasi huzuridagi arxitektura-shaharsozlik kengashi va shuningdek, O‘zshaharsozlik loyihalash ilmiy-tadqiqot instituti davlat unitar korxonalari kabi 22 ta tashkilot tasdig‘idan o‘tgan. Qolaversa, ushbu loyihamizni viloyatning o‘sha paytdagi rahbari, marhum O‘ktam Barnoyev ham o‘z nazoratiga olgandi. Faqat aholi ‘Bizga havo yetishmaydi’, ‘Transport vositalari harakatlanishi cheklanadi’, degan va boshqa iddaolar bilan mehmonxona qurilishiga to‘sqinlik qilib kelishmoqda. Bu hududda aslida umumiy foydalanish uchun hojatxona xizmati bo‘lib, keyinchalik tashlandiq holga kelib qolgandi. O‘z kuchimiz bilan obod qildik, katta kuchlanishli transformatorni yer maydonining xavfsiz hududiga ko‘chirdik, unga elektr tokini yetkazib beruvchi barcha turdagi simlarini yangilatdik. Tozaligi va obodligini ta’minlab keldik”, — deydi Abdulla Aminov.

    Foto: “Daryo”

    Mahalla raisi Sobira Jo‘rayeva esa qurilish tashkiloti xodimining ushbu munosabatini rad etdi.

    “Yaqin hududdagi mahalliy aholi bilan o‘zimiz bir necha bor bu hududni tozalab, ‘Maxsusavtoxo‘jalik’ MChJ texnik vositalari orqali chiqindilarni chiqartirdik. Bu haqda qurilish tashkiloti vakili Abdulla Aminovga bir necha marotaba bildirishimizga qaramay, holatga e’tibor qaratmadi”, — deydi mahalla raisi.

    Albatta, bugun turizm salohiyatini rivojlantirish tashrif buyuradigan sayyohlarga zamonaviy mehmonxona xizmatini ko‘rsatish muhim masala. Biroq, mutaxassislar kuzatuvlariga ko‘ra, YuNESKO tomonidan butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan va himoyaga olingan hududda mehmonxonaning qurilishi muhofaza qilingan tarixiy obida atrofining landshafti buzilishiga olib keladi. Shuningdek, madaniy meros obyektlari hamda aholi yashash xonadonlari joylashgan juda tor hudud o‘rtasida ko‘p qavatli mehmonxonaning qad rostlashi uchun bevosita og‘ir texnika vositalari jalb qilinadi. Bu esa o‘z-o‘zidan qadimiy devorlari nurab va namiqib borayotgan tarixiy obidalarga ham, aholi yashash xonadonlariga ham ziyon yetkazmay qo‘ymaydi.

    Xidir Niyozov.

    Xidir Niyozov.
    Foto: “Daryo”

    “Qurilishi ko‘zlanayotgan mehmonxonani shundoq darvozamiz oldidan 2-2,5 metrgina masofa ajratib turadi. Aholining ‘odam’day nafas olib yashashi tugul, favqulodda vaziyatlarda harakatlanadigan transport vositalarining ham hududga kirib-chiqishi cheklanadi. Xavfsiz yashashimiz uchun hech qanday imkon qolmaydi. Shundoq ham eski hovlilarimiz nurab bormoqda. Yetmagandek, hali qurilish boshlanmay turib, o‘tgan yilda har birining chuqurligi 12-13 metrdan bo‘lgan o‘ralarning qazib qo‘yilgani oqibatida ‘Olimjon’ karvonsaroyi devorlari namiqib, qadimiy g‘ishtlari to‘kilib bormoqda”, — deydi fuqaro Xidir Niyozov.

    Abdulla Aminov umumiy qurilish maydoni 493,0 kvadrat metr bo‘lib, shundan 464,0 metr kvadratida yer sathidan 7-10 metr balandlikdan oshmagan mehmonxona tiklanishini bildirdi.

    Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti viloyat madaniy meros boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Mahmudovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, qurilish tashkilotiga “Epifanov savdo uyi”ni qayta tiklagan holda kichik mehmonxona tashkil etish loyihasining “Buxoro tarixiy markazi” butunjahon merosi obyektiga bo‘lgan ta’sirini baholash hisobotini tayyorlash va o‘rnatilgan tartibda kelishish uchun YuNESKO Umumjahon merosi markaziga taqdim etilgan. YuNESKO va IKOMOS mutaxassislari tomonidan loyihaga ijobiy baho berilmagunga qadar qurilish ishlarini boshlamaslik lozimligi tushuntirilgan.

    Foto: “Daryo”

    “Davlat mulki hisoblangan madaniy merosning ko‘chmas mulk obyekti agar viloyat himoyasida bo‘lsa, unga yaqin bo‘lgan 50 metrgacha, respublika himoyasiga olingan bo‘lsa, 100 metrgacha va YuNESKO himoyasida bo‘lsa, 300 metrgacha bo‘lgan masofada inshoot tiklanishi mumkin emas. Zero, bu holat har qanday madaniy va tarixiy obyekning saqlanishida o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Hozirda “Prime Real Estate” MChJ tomonidan loyihaning merosga bo‘lgan ta’sirini baholash hisobotini tayyorlash masalasida xalqaro tashkilotlar va ekspertlar bilan muzokaralar olib borilmoqda”, — deydi Sherzod Mahmudov.

    Sherzod Mahmudovga ko‘ra, “Olimjon” karvonsaroyining g‘arbiy qismidagi bo‘sh yer maydonlari Gavkushon va Namozgoh ko‘chalari bilan tutashganligi sababli ushbu mehmonxonani tiklash ishlari aholining kuchli e’tirozlariga sabab bo‘lgan. Shu sababli madaniy meros boshqarmasi tomonidan 2020-yilning 29-avgustida “Prime Real Estate” MChJ xodimi Abdulla Aminovga qurilish ishlarini zudlik bilan to‘xtatish yuzasidan ogohlantirish xati taqdim etilgan. Biroq tadbirkor ogohlantirish xatini olishdan bosh tortgani sababli tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri YuNESKO himoyasidagi tarixiy markazda mehmonxona tiklanishiga aholi noroziligi bilan bog‘liq ushbu jarayonlarga kichik mehmonxona loyihasi rahbari Kamoliddin Kamolovning munosabati bilan qiziqdi.

    “Yaqinda Buxoroning ba’zi mahalliy Telegram-kanallari va xorijiy ommaviy axborot vositalari ‘Prime Real Estate’ MChJga nisbatan ayrim aholi qatlamlarining Buxoroning eski shahrida kompaniyani noqonuniy mehmonxona qurayotganlikda ayblovlari e’lon qilindi. Biz kompaniyaga qo‘yilgan barcha ayblovlar asossiz ekanligini ma’lum qilamiz.

    Aytish o‘rinliki, Buxoro hokimligi tomonidan rasmiy tarzda qurilish ishlarini qonuniy ravishda amalga oshirilishi to‘g‘risida ruxsat berilgan. Shunga qaramay, atrofdagi turar joylarda yashovchi bir guruh fuqarolar o‘z noroziliklarini turli ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvlar ko‘tarish orqali mehmonxona qurilishi ishlariga to‘sqinlik qilib kelishmoqda. Shuni ta’kidlash kerakki, so‘ralgan yer uchastkasi 20 yildan ortiq vaqt davomida bo‘sh edi va undan oldin, to‘g‘rirog‘i, sobiq Ittifoq davrida u yerda jamoat hojatxonasi bo‘lgan. ‘Prime Real Estate’ kompaniyasi o‘z oldiga ushbu hududni obodonlashtirish va bo‘sh yer o‘rnida kichik mehmonxona qurish va shu bilan qadimiy Buxoroning sayyohlik salohiyati rivojiga o‘z hissasini qo‘shish vazifasini qo‘ydi. Ushbu qurilish loyihasi doirasida hududni obodonlashtirish ham ko‘zda tutilgan, daraxtlar va gullar ekish, yo‘lak toshlarini almashtirish, o‘rindiqlar o‘rnatish rejalashtirilgan. Mehmonxona loyihasi hajmi, xususiyatlari, sifati va badiiy darajasi bilan Buxoro me’moriy yodgorliklariga mos kelishi maqsadida yaratilgan.

    Foto: “Daryo”

    Demak, kichik mehmonxona tiklanishida jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan joylarning alohida qiymatini hisobga olgan holda, Jahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish konvensiyasi me’yorlari va YuNESKOning Butunjahon merosi markazining tavsiyalariga rioya qilishga alohida e’tibor beriladi”, — deydi “Prime Real Estate” MChJ vakili, mehmonxona loyihasi rahbari Kamoliddin Kamolov.

    Mehmonxona loyihasi rahbarining ta’kidlashicha, YuNESKOga me’yoriy hujjatlar taqdim etish uchun mustaqil chet el ekspertlari ko‘magida ham ma’lumotlar tayyorlanmoqda.

    Foto: “Daryo”

    “Aholining keskin qarshiligiga sabab bo‘lgan ushbu masala yuzasidan yana bir karra chuqur va izchil tarzda keng jamoatchilik hamda xalqaro tajribali mutaxassislar, ekspertlar xulosasi va ularning munosabatiga tayanamiz. Biroq har qanday vaziyatda ham mahalliy aholi va xalq manfaati birinchi o‘ringa qo‘yiladi”, — dedi Buxoro shahar hokimi O‘tkir Jumayev.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    06.03.2021, 17:14   Izoh (0)   15361
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxoroda o‘ndan ortiq fuqaroga qasddan OIV infeksiyasini yuqtirgan ayol qamoqqa olindi

    06.03.2021, 16:30

    Jizzaxda chaqiruv bo‘yicha yetib kelgan shifokor xonadon egasining o‘g‘li tomonidan kaltaklandi

    06.03.2021, 15:48

    “Bir oylik ish haqim 20 ming so‘m chiqibdi, ba’zilarga 450 so‘m to‘langan”. UzAuto Motors xodimlari ish tashlash e’lon qildi

    06.03.2021, 15:31

    Toshkent davlat transport universiteti talabalari dunyoning yana yetti mamlakatida amaliyot o‘tay oladi

    06.03.2021, 15:20

    “Hisob so‘ralishini bilardingiz-ku, nega tayyorgarlik ko‘rib kelmadingiz?” Qashqadaryolik bloger viloyat hokimi o‘rinbosarini uyaltirdi

    06.03.2021, 14:12

    “Avvallari biror oila ajrashsa, duv-duv gap bo‘lardi, butun mahalla oyoqqa turardi” – Shavkat Mirziyoyev oilaviy ajrimlar haqida

    06.03.2021, 13:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Turkiyada 8-qavatdan tushib ketgan sayyoh o‘lib, so‘ngra tirildi

    Dunyo | 22 iyun, 23:50

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Yuventus” Marokash klubini yirik hisobda mag‘lub etdi (video)

    Sport | 22 iyun, 23:24

    Xitoyda chivindek keladigan harbiy dron ishlab chiqildi (video)

    Dunyo | 22 iyun, 23:05

    Suriyadagi cherkovda xudkush terrorchi o‘zini portlatdi (video, foto)

    Dunyo | 22 iyun, 22:39

    Superliga. “Paxtakor” “Qo‘qon-1912”ni, “Sho‘rtan” “Surxon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 22 iyun, 22:33

    Eron oliy rahnamosi o‘z o‘limi ehtimoliga vorislarini tanladi — NYT

    Dunyo | 22 iyun, 22:06

    AQSH hujumiga javoban Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopmoqchi. Bu nimani anglatadi?

    Dunyo | 22 iyun, 21:28
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.