Kapitoliy politsiyasi Kongress binosining xavfsizligini ta’minlash uchun AQSh milliy gvardiyasi askarlarining mandatini yana 60 kunga uzaytirishini so‘radi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Pentagon bu masalani ko‘rib chiqyapti.
Avvalroq Vakillar Palatasi 4-martga belgilangan adolat va politsiya ishi haqidagi “Jorj Floyd qonuni” bo‘yicha ovoz berishni bekor qilgandi. Bu o‘sha kuni Kapitoliy xavf ostidaligi haqida kelib tushgan ma’lumotlar bilan bog‘liq.
Politsiya 45-prezident Donald Trampning 4-mart kuni hokimiyatga qaytishi haqida ma’lum qilgan fitna nazariyasi tarafdorlarining ehtimoliy provokatsiyasi haqida xabar berdi. 1933-yilgacha aynan shu kuni prezidentlarning inauguratsiya marosimi o‘tkazilgan. Shu sababli Vashingtonda xavfsizlik choralari kuchaytirildi.
6-yanvar kuni Donald Tramp tarafdorlari Vashingtondagi Kongress binosiga bostirib kirdi va demokrat Jo Baydenning saylovdagi g‘alabasini tasdiqlash jarayoniga xalaqit berishga urindi. Tartibsizliklar natijasida besh kishi vafot etdi.
Izoh (0)