O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 4-mart kuni Belarus bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Subbotinni qabul qildi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston bilan Belarus o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zaro aloqalarning hozirgi holati va kelgusida rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.
Toshkentda bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishining natijalari ko‘rib chiqildi.
Bundan avval O‘zbekiston va Belarus hukumatlari o‘rtasida mintaqalararo hamkorlik to‘g‘risidagi bitim kuchga kirgani hamda Aleksandr Lukashenko Belarusdagi missiyasini yakunlayotgan O‘zbekiston elchisi bilan uchrashgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)