Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

2021-yilning 1-may sanasigacha kredit berish, subsidiya olish, ipoteka uchun beriladigan ko‘p kvartirali uy-joylar va quruvchilar haqidagi ma’lumotlarni qamrab oluvchi ipoteka veb-portali ishga tushiriladi. Bu haqda 3-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ta’kidlandi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Eng muhim masala, berilayotgan imtiyozlardan halol-pok foydalanish bo‘yicha adolatli tizim yaratish, bu borada odamlarimizning xabardorligini oshirish zarur. Viloyat, tuman va shahar hokimlari quruvchilar bilan birga, mahalliy kengashlarda hamda ommaviy axborot vositalari orqali xalqqa har oyda hisobot beradi.

Kengashlar tomonidan deputat, jamoat faollari ishtirokida xalqparvar komissiya tashkil etiladi. Ular quruvchiga yerni adolatli ajratilishi, imtiyoz oladigan ehtiyojmand oilalar ro‘yxatining shakllanishi va qurilishlar sifati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatadi.

Viloyat, tuman va shahar hokimlari bir hafta davomida yangi tizim asosida, aholini uy-joy bilan ta’minlashda yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlarni odamlarga mahallabay tushuntiradi. Moliya vaziri 1-iyunga qadar subsidiya to‘lanadigan fuqarolarni ijtimoiy mezonlar asosida tanlash va subsidiya to‘lash jarayonlarini avtomatlashtiradi. Bunda ochiq-oshkoralikni ta’minlash va murojaatlarning ko‘rish muddatini 20 kundan 7 kungacha qisqartirish zarur”, — dedi davlat rahbari.

Avvalroq uy-joy qurilish sifatini oshirish mas’uliyati Ochilboy Ramatov va viloyat hokimlariga yuklatilgani, O‘zbekistonda 2021-yil yakunigacha og‘ir turmush sharoitiga tushib, boshpanasiz qolgan 1000 nafar ayol ijtimoiy ijara asosida uy-joy bilan ta’minlanishi hamda Shavkat Mirziyoyev quruvchi tashkilotlarga pandemiya davrida berilgan imtiyozlar 2021-yil oxirigacha uzaytirilishini ta’kidlagani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Muvaffaqqiyatga erishishidan avval o’zaro do‘st tutingan mashhurlar (foto)
Mahalliy
“Mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi”. Zafar Hoshimov hokimlarning xalq deputatlari kengashlariga rahbar bo‘lishi masalasi haqida
Mahalliy
Chilonzorda yo‘l kengaytirish ishlarida 101 tup daraxt ildizi shikastlangan — Davlat ekologiya qo‘mitasi