Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat rahbari quruvchi tashkilotlarga bir qator imkoniyatlar berilishini ta’kidladi, deya xabar qilmoqda “Daryo” muxbiri.
“Quruvchi tashkilotlarga pandemiya davrida berilgan imtiyozlar 2021-yil oxirigacha yuz foiz uzaytiriladi.
Jumladan, Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan quruvchi tashkilotlarga uy-joy qurish uchun jalb qilgan kreditlar bo‘yicha 20 milliard so‘mgacha kafillik hamda Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan qismiga kompensatsiya beriladi. Bu juda katta imkoniyat”, — dedi davlat rahbari.