Xorijdan 2020-yil davomida 1629 nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri jasadi olib kelingan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlikning ta’kidlashicha, bu ko‘rsatkich ham O‘zbekistonning 2020-yildagi o‘limlar statistikasiga kiradi, lekin COVID-19 statistikasiga kirmaydi.
Mavzuga doir: SSV Germaniyada vafot etgan O‘ktam Barnoyevni O‘zbekistonda halok bo‘lgan koronavirus qurbonlari ro‘yxatiga qo‘shdi
Eslatib o‘tamiz, Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonning 2020-yil yakunlari bo‘yicha demografik holatiga doir raqamlarni e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda 2020-yilda 175,6 mingta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, har 1000 aholiga o‘lim koeffitsiyenti 5,1 promilleni tashkil etgan va 2019-yilga nisbatan 0,5 promillega oshgan (2019-yilning yanvar—dekabr oylarida ko‘rsatkich 4,6 promille bo‘lgan).