Forbes jurnali ilk marotaba o‘z boyligini o‘zi yaratgan, muvaffaqiyatga o‘z kuchi bilan erishgan (self-made) rossiyalik ayollarning reytingini tuzdi. Ushbu ro‘yxat o‘z aktivlarini o‘zi ishlab topgan, boyligini meros yoki ajrashish natijasida qo‘lga kiritmagan ayollarni o‘z ichiga oladi, deb yozmoqda “Kommersant”.

Tatyana Bakalchuk

Foto: yandex.dzen

Forbes reytingidan birinchi o‘rinni Wildberries internet-do‘koni asoschisi Tatyana Bakalchuk egalladi. Ishtirokchilarning moliyaviy ahvoli ularning aktivlari, xususan, kompaniya aksiyalari va ko‘chmas mulklari qiymatiga asoslanib baholandi.

Forbes talqiniga ko‘ra o‘z boyligini o‘zi yaratgan rossiyalik ayollarga quyidagilar kiradi:

  1. Tatyana Bakalchuk (10,1 milliard dollar) — Wildberries internet-do‘koni;
  2. Olga Belyavtseva (550 million dollar) — Progress kompaniyasi (“FrutoNyanya” bolalar ovqatini ishlab chiqaruvchi kompaniya)dagi ulushi, “Lebedyanskiy” sharbat ishlab chiqaruvchi kompaniyaning aksiyalari sotuvidan tushgan mablag‘;
  3. Tatyana Kuznetsova (475 million dollar) — “NOVATEK”dagi 0,19 foiz ulushi va uning aksiyalarini sotishdan tushadigan mablag‘;
  4. Natalya Opaleva (450 million dollar) — GV Gold oltin qazib olish kompaniyasidagi 20,4 foiz ulushi;
  5. Guzeliya Safina (300 million dollar) — “TAIF” kompaniyalar guruhining 4,5 foizi;
  6. Marina Sedix (300 million dollar) — Irkutsk neft kompaniyasi (bilvosita 10,1 foiz ulush);
  7. Lyubov Xoba (300 million dollar) — “LUKOIL” neft kompaniyasining 0,44 foizi;
  8. Natalya Kasperskaya (250 million dollar) — InfoWatch’dan, Kasperskiy laboratoriyasining aksiyalari sotuvidan tushum;
  9. Lyubov Gerasimova (225 million dollar) — “Susumanzoloto” oltin qazib olish kompaniyasining 22,2 foizi;
  10. Mariya Sharapova (200 million dollar) - mukofot pullari va reklamadan daromad, Sugarpova konfet liniyasi;
  11. Larisa Prokopyeva (175 million dollar) – “Evalar” farmatsevtika kompaniyasi;
  12. Yelena Demina (125 million dollar) – Splat Global kompaniyasining 47,1 foizi;
  13. Irina Panchenko (125 million dollar) — “Prodo” go‘sht xoldingining 25 foizi va boshqa oziq-ovqat aktivlari
  14. Tatyana Franus (125 million dollar) — “Pyatyorochka” va “Karusel” aksiyalari sotuvidan tushum, Mavis investitsiya va qurilish guruhining 65 foizi;
  15. Raisa Demina (100 million dollar) — “Pavlovskaya sloboda” go‘shtni qayta ishlash zavodining 100 foizi;
  16. Larisa Kalanda (75 million dollar) — “Rosneft” va “Transneft” faoliyatidan olingan daromad, “Rosneft” aksiyalariga investitsiyalar;
  17. Larisa Karaban (75 million dollar) — “Riv Gosh” parfyumeriya va kosmetika tarmog‘ining 12,5 foizi va kompaniya aksiyalarini sotishdan tushadigan mablag‘;
  18. Olga Poltoratskaya (75 million dollar) — “Promresurs” kompaniyalar guruhining 45 foizidan ortig‘i;
  19. Larisa Cherepanova (75 million dollar) — “Maksidoma” xonadonlarni ta’mirlash tovarlari tarmog‘ining 17 foizi;
  20. Lyudmila Shcherbakova (75 million dollar) — Bright Way farmatsevtika xoldingi.

2020-yilning avgust oyida Forbes Rossiyaning eng boy ayollari reytingini taqdim etgandi. Unda Inteco Management kompaniyasi prezidenti Yelena Baturina birinchilikni egallagan bo‘lsa, Tatyana Bakalchuk ikkinchi o‘rinda turgan.

Eslatib o‘tamiz, Bumble tanishuv xizmati asoschisi muvaffaqiyatga o‘z kuchi bilan erishgan eng yosh milliarder ayolga aylangan edi. Dastur asoschisi 31 yoshli Uitni Vulf Herdning boyligi 1,6 milliard dollarni tashkil etadi. U kompaniya muvaffaqiyatli IPO (birjadagi dastlabki ommaviy taklif) o‘tkazgandan so‘ng milliarderga aylandi. Birinchi auksionda Bumble aksiyalari 85 foizga o‘sishga erishgan.