“Bavariya” Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 final dastlabki o‘yinida “Latsio”ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuvdagi birinchi golga myunxenliklar hujumchisi Robert Levandovski muallif bo‘ldi. Bu polshalik forvard uchun musobaqa doirasidagi 72-gol bo‘ldi.
Shu tariqa Levandovski Chempionlar Ligasi tarixidagi to‘purarlar ro‘yxatida “Real” va “Shalke-04” sobiq hujumchisi Raulning (71 ta gol) natijasini ortda qoldirdi.
Chempionlar Ligasida eng ko‘p gol urish borasida “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu (134) yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, “Barselona” sardori Lionel Messi (119) ikkinchi pog‘onadan joy olgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)