O‘zbekiston importida yanvar oyida eng katta ulush Xitoyga tegishli bo‘ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi (DSQ) ma’lum qildi.
O‘zbekiston Xitoydan yanvar oyida 337,2 million AQSh dollari miqdorida import amalga oshirgan. Keyingi o‘rinlarda Rossiya (319,5 million), Qozog‘iston (204,9 million), Turkiya (106,1 million) qayd etilgan.
Ro‘yxatda, shuningdek, Fransiya (78,4 million), Janubiy Koreya (70,1 million), Litva (70,1 million), Germaniya (70,1 million), Hindiston (70,1 million) hamda Braziliya (70,1 million) joy olgan.
Qayd etilishicha, 2021-yilning yanvar oyida O‘zbekistonning jami import hajmi 1,6 milliard dollarga teng bo‘lgan.
Bundan avval O‘zbekistonda avtomobil importi yanvar oyida keskin kamaygani, O‘zbekiston 3 yil ichida birinchi marta yanvar oyida oltin sotmagani hamda mamlakatda yog‘och importi 45,1 million dollarga kamaygani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)