• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    BMT bosh kotibi Myanma harbiylarini repressiyani to‘xtatishga chaqirdi

    Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) bosh kotibi Antoniu Guterrish Myanma harbiylarini repressiyani to‘xtatishga va xalq irodasini qabul qilishga chaqirdi. U zamonaviy dunyoda hokimiyatni qurol bilan egallab olishga o‘rin yo‘qligini ta’kidladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qildi.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    “Bugun men Myanma harbiylarini repressiyani zudlik bilan tugatishga chaqiraman. Mahbuslarni ozod qiling. Zo‘ravonlikka barham bering. So‘nggi saylovlarda ifoda etilgan inson huquqlari va xalq irodasini hurmat qiling. Zamonaviy dunyoda hokimiyatning qurol bilan egallab olinishiga o‘rin yo‘q”, — dedi u 22-fevral, dushanba kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi 46-sessiyasining ochilishida.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiylarning xatti-harakatlari demokratiyaga putur yetkazadi.

    “Fuqarolik makoniga cheklovlar qo‘yish, fuqarolik jamiyatiga qarshi hujumlar, hech qanday mas’uliyatni o‘z ichiga olmaydigan ozchiliklarga qarshi jiddiy qonunbuzarliklar, jumladan, roxinja xalqining etnik tozalanishi — bularning barchasi bora-bora kuchli bo‘ronga aylanmoqda”, — deydi Guterrish.

    Shu munosabat bilan bosh kotib BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashining fevral oyi o‘rtalarida qabul qilingan Myanma bo‘yicha “demokratik yo‘l bilan saylangan hukumatni tiklashni” talab qiladigan qarorini mamnuniyat bilan qabul qildi.

    Ma’lumot uchun, 1-fevral kuni Myanma harbiylari mamlakatda hokimiyatni qo‘lga kiritganini e’lon qildi, ular mamlakat prezidenti va boshqa yuqori martabali amaldorlarni 2020-yil 8-noyabrda bo‘lib o‘tgan “saylovdagi firibgarliklar”ni tekshirmaganlikda ayblab, hibsga oldi. Qurolli Kuchlar bosh qo‘mondoni Min Aung Xlayn mamlakatning muvaqqat prezidenti etib tayinlandi va mamlakatda bir yil muddatga favqulodda holat joriy etildi.

    Myanma aholisi 6-fevral kuni Yangon ko‘chalariga chiqib, harbiylar tomonidan hokimiyat egallab olinishiga qarshi chiqdi. Mamlakatda ommaviy norozilik va ish tashlashlar boshlangach, Transport va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi 14-fevral, yakshanba kuni uyali aloqa operatorlariga internetga kirishni taqiqlashni buyurdi. Natijada, 15-fevral kuni ertalab sakkiz soat davomida tarmoqqa kirish imkonsizligicha qoldi. Ammo keyinchalik internet aloqasi tiklandi.

    Myanma harbiylari namoyishlarga qarshi mamlakatning eng yirik shahri Yangon ko‘chalariga zirhli mashinalarni kiritgan. Mamlakat Markaziy banki yonida askarlar, zirhli transportyorlar, tartibsizlikni nazorat qilish bo‘linmalari va suv purkagichlari bo‘lgan yuk mashinalari paydo bo‘lgan. Shunga qaramay, shaharning ushbu hududida 1000 dan ortiq namoyishchilar to‘plangan.

    Avvalroq hukumat to‘ntarilishi paytida harbiylar tomonidan hibsga olingan Myanma prezidenti U Vin Myint prezident saroyidan boshqa binoga ko‘chirilgani haqida xabar berilgandi. Xabarga ko‘ra, uning qayerdaligi noma’lum.

    Shuningdek, to‘ntarish vaqtida hibsga olingan davlat maslahatchisi Aun San Su Chjiga qarshi 16-fevral kuni ikkinchi ayblov e’lon qilingan. Ta’kidlanishicha, endilikda Aun San Su Chji favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi qonunni buzganlikda ayblanmoqda. Birinchi marta 3-fevral kuni davlat maslahatchisi import va eksport to‘g‘risidagi qonunni buzganlikda ayblangan edi.

    Bundan avval Shavkat Mirziyoyev ham BMTning Inson huquqlari bo‘yicha sessiyasida nutq so‘zlagani haqida xabar berilgandi.

    23.02.2021, 07:07   Izoh (0)   7087
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    The New York Times muqovasida 500 mingta nuqta chop etildi. Har bir nuqta AQShdagi koronavirus qurbonini anglatadi

    23.02.2021, 06:20

    Polshaga kiruvchilar uchun yangi qoida joriy etiladi

    23.02.2021, 06:06

    Chigirtkalar hujumi, muzlab qolgan sharshara, yuk mashinasida ko‘chirilayotgan uy. 22-fevral suratlari

    22.02.2021, 23:26

    Aleksey Navalniyning rafiqasi Yuliya Navalnaya Moskvaga qaytib keldi

    22.02.2021, 22:25

    Putin va Lukashenko Sochida muzokaralar o‘tkazdi. Keyin ular chang‘i va qor mototsikllarida birga sayr qildi (video)

    22.02.2021, 21:59

    Facebook emlashning afzalligi haqidagi postlarni siyosiy reklama sifatida bloklashni boshladi

    22.02.2021, 21:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.