The New York Times 21-fevral, yakshanba kungi sonining birinchi sahifasida koronavirus qurbonlari sonini anglatuvchi 500 mingta nuqtadan iborat grafik tasvirini chop etdi. Tasvir qurbonlar sonining o‘sish “tezligini” aks ettiradi.
Grafik ichidagi 500 ming ta nuqtaning har biri koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgan bir insonning ramzi. Loyiha bo‘yicha grafik muharrir Loren Lezirbiy qurbonlar soni haqida gapirar ekan, “nuqtalarning barchasi oshib borayotgan tezlikni” vizual ravishda aks ettirishini ta’kidladi. Boshlanishi och kulrang bo‘lgan grafik asta-sekin to‘q siyohrang tusga kiradi. Grafik oxiriga kelib zichlashgan nuqtalar, so‘nggi vaqtlarda qurbonlar sonining keskin ortganini bildiradi. Mazkur grafik orqali o‘n ikki oy ichida AQShni larzaga keltirgan mash’um holat ifodalangan.
NYT ta’kidlashicha, AQShda koronavirusdan o‘lganlar soni Birinchi va Ikkinchi jahon urushi hamda Vyetnam urushi paytida halok bo‘lganlarning umumiy sonidan oshib ketgan.
Grafikdagi axborotga ko‘ra, AQShda koronavirus infeksiyasidan o‘limlar sonining keskin o‘sishi 2020-yilning aprel oyida kuzatilgan va 2021-yilning boshida o‘z cho‘qqisiga chiqqan. Jons Hopkins universiteti ma’lumotlari bo‘yicha pandemiya boshidan beri AQShda 28 milliondan ortiq kishida koronavirus aniqlangan, 499 mingga yaqin kishi kasallikdan vafot etgan.
Mavzuga doir:
- AQShda COVID-19 qurbonlari soni mamlakatning uchta urushdagi talafotlaridan oshib ketdi
- AQShda 2022-yilda ham niqob taqish majburiyati saqlanib qolishi mumkin
- AQShda ilk bor kongressmen COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etdi
- Ochiq osmon ostida o‘tayotgan O‘zbekiston OTMlariga kirish imtihonlari aks etgan surat The New York Times muqovasidan o‘rin oldi
Izoh (0)