O‘zbekiston va Hindiston aviatsiya ma’muriyati o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muntazam aviqatnovlarni International Air Travel Bubble bitimi asosida amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, 2021-yilning mart oyidan boshlab Uzbekistan Airways tomonidan Toshkent–Dehli–Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni amalga oshirish boshlanadi.
Parvozlar 5-mart sanasidan haftasiga ikki marotaba: seshanba va juma kunlari bajarilishi ko‘zda tutilmoqda.
Bundan avval Toshkent–Frankfurt–Toshkent yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar qayta tiklangani, Misrning Fly Egypt aviakompaniyasi O‘zbekistonga doimiy reyslarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma olgani hamda Eronning Iran Aseman Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqchi ekani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)