Markaziy bank 23-fevraldan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 17,38 so‘mga ko‘tarilib, 10 549,65 so‘mni tashkil qildi. Yevro 6,34 so‘mga tushib, 12 773,52 so‘m bo‘ldi.
Avvalroq dollarning rasmiy kursi uch kunlik pastlashdan so‘ng yana ko‘tarilib, 10 532,27 so‘mni tashkil qilgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)