“Barselona” La Liga 24-turi doirasida 21-fevral kuni “Kadis”ga qarshi kechgan bahsda 1:1 hisobini qayd etdi.

Foto: Twitter/@FCBarcelona

Uchrashuvning 32-daqiqasida Lionel Messi penaltini golga aylantirgan holda, jamoasining o‘yindagi yagona goliga muallif bo‘ldi.

Bu argentinalik futbolchi uchun Ispaniya chempionatida penaltidan urilgan 73-gol bo‘ldi. Messi bu borada “Real” sobiq hujumchisi Krishtianu Ronalduning rekordini (72) yangiladi.

Messi “Barselona” asosiy jamoasida 2004-yildan buyon to‘p surib keladi. Ronaldu esa 2009—2018-yillar mobaynida Primerada harakat qilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!