Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Gretsiyaning Attika provinsiyasida qor yog‘ishi sababli koronavirusga qarshi emlash to‘xtatildi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Mintaqada qor yog‘ishi sababli transport, shu jumladan, jamoat transporti harakati qisman qisqartirildi, aviareyslar to‘xtatildi va avtomobil yo‘llarida og‘ir yuk mashinalarining yurishi cheklandi. Elektr uzilishlari sababli ba’zi uylar elektrsiz qoldi.

Ma’lum qilinishicha, 16-fevral kuni emlash rejalashtirilgan barcha provinsiya aholisi vaksinatsiya keyinga qoldirilishi to‘g‘risida xabardor qilingan. Odamlarga zaruratsiz tashqariga chiqmaslik maslahat berilgan. Bundan tashqari, Afina va Gretsiyaning bir qator boshqa hududlarida koronavirus tufayli lokdaun va komendantlik soati amal qilmoqda.

Qayd etilishicha, bunday ob-havo odamlarning hammasiga ham yomon ta’sir qilmagan. Ba’zi bolalar maktabga borish o‘rniga qorda sayr qilib, o‘ynayapti. Kattalar esa yaqin atrofdagi tepaliklarda chang‘i uchmoqda.

Norvegiyaning Gretsiyadagi elchisi Frode Andersen do‘stiga Afinada haqiqatan ham qor yog‘ganini isbotlash uchun Twitter’ga video joylashtirdi. U lokdaun joriy qilingandan beri ushbu kun eng yaxshisi bo‘lganligini aytdi.

Gretsiyada qish faslida tog‘larda va mamlakat shimolida tez-tez qor yog‘adi, ammo Afina uchun bu kamdan-kam uchraydigan hodisa.

Bundan avval Gretsiyada 85 yoshli erkak COVID-19’ga qarshi emlanganidan keyin 8 daqiqa o‘tib vafot etgani, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash mart oyining birinchi yarmida boshlanishi hamda qanday ob-havo koronavirus tarqalishiga yo‘l qo‘ymasligi ma’lum qilingani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Hindistonda voyaga yetmagan qizlarga uylanishda ayblanib, 2 mingdan ortiq erkak hibsga olindi
Dunyo
AQSH harbiylari mamlakat osmonida uchayotgan Xitoy sharini urib tushirdi. Pekin norozilik bildirdi (video)
Dunyo
“Putin menga Zelenskiyni o‘ldirmaslikka va’da bergan” — Isroil sobiq bosh vaziri Bennet Rossiya prezidenti bilan suhbati haqida gapirib berdi