Daryo

Gretsiyada 85 yoshli erkak COVID-19’ga qarshi emlanganidan keyin 8 daqiqa o‘tib vafot etdi

Shifokorlarning ta’kidlashicha, uning o‘limi vaksina yoki allergik anafilaktik shokka bog‘liq emas

1 daqiqa o‘qish28 800 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Gretsiyaning Krit orolida joylashgan Iraklion universiteti kasalxonasida 85 yoshli qariya koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanganidan sakkiz daqiqa o‘tgach vafot etdi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Foto: Getty Images

Xabarda aytilishicha, shifokorlar uning o‘limini vaksina yoki allergik anafilaktik shokka bog‘liq deb hisoblamayapti. Dastlabki xulosalarga ko‘ra, hodisa emlash bilan bir vaqtda sodir bo‘lgan to‘satdan o‘lim deb baholanmoqda.

Ta’kidlanishicha, emlashdan sakkiz daqiqa o‘tgach, erkak hushidan ketgan. Unga yurak-o‘pka reanimatsiyasi (massaji) bilan birinchi yordam berilganidan so‘ng besh daqiqa davomida o‘ziga kelgan, ammo yana hushidan ketgan.

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, bemor kasalxonaga yotqizilgan payt, uning kasallik tarixi o‘rganilgan va emlashga qarshi birorta ko‘rsatma topilmagan. Hodisaning aniq sababini aniqlash uchun mutaxassislar tomonidan shoshilinch sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun Gretsiya Milliy vaksinatsiya qo‘mitasi rahbari Mariya Teodoridu hozirda mamlakat aholisini emlash uchun Pfizer va BioNTech vaksinasidan foydalanilayotganini ma’lum qilgan.

Avvalroq AQShda 21-yanvar kuni  COVID-19’ga qarshi emlangan bemor oradan bir necha soat o‘tib vafot etgani haqida xabar berilgandi. Uning vafoti yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tekshiruv boshlagan.

Isroilda esa koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan 13 kishida vaqtinchalik yuz falaji yuzaga kelgan. Bemorlardan birining ma’lum qilishicha, u emlanganidan bir necha daqiqa o‘tib, iyagi va og‘zida g‘alati hissiyotni sezgan.

Shuningdek, Germaniyada koronavirusga qarshi emlangan 10 nafar keksa inson, Norvegiyada Pfizer/BioNTech vaksinasini qabul qilgan 23 kishi vafot etgani haqida xabar berilgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar