Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Real” himoyachisi Daniel Karvaxal La Liga 23-turi doirasidagi “Valensiya”ga qarshi kechgan 14-fevral kungi o‘yinda (2:0) jarohat oldi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Madridliklar matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, futbolchining o‘ng oyog‘i boldir mushaklari shikastlangan va pay ham lat yegan.

Marca xabariga ko‘ra, ispaniyalik o‘ng qanot qanot himoyachisi ikki oy maydonga tusha olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Karvaxal 2-yanvarda olgan jarohatidan tiklanib, endigina safga qaytgandi.

Ushbu chiziqda to‘p suruvchi yana bir himoyachi Alvaro Odriosola ham jarohat sabab madridliklarga yordam berolmayapti. Shuningdek, Serxio Ramos, Eder Militao, Marselo, Federiko Valverde, Eden Azar va Rodrigo Goes kabi futbolchilar “Real” lazaretida bo‘lib turibdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi