Turkiyaning Istanbul shahrida kuchli qor yog‘ishi tufayli barcha o‘quv muassasalari 17-fevralga qadar yopiladi. Bu haqda gubernator Ali Yerlikaya ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Istanbulning ba’zi tumanlarida qor qoplamining balandligi 20 santimetrga yetadi.
“Kuchli qor va bo‘ron hosil qiluvchi shamol davom etmoqda. Biz barcha o‘quv muassasalarimizdagi qatnab o‘qishni chorshanba kunigacha to‘xtatamiz”, — deyiladi gubernator bayonotida.
Noqulay ob-havo sababli Bosfor bo‘g‘ozi orqali parom qatnovi to‘xtatildi. Aeroportlar odatiy rejimda ishlamoqda, ammo reyslarning bir qismi kechikishlar bilan amalga oshirilmoqda. Yakshanba kuni amal qiladigan komendantlik soati (koronavirus pandemiyasi munosabati bilan) tufayli 14-fevral kuni Istanbulda jiddiy tirbandliklar yuzaga kelmagan, ammo avtotransport harakati qiyinlashib qolgan.
Meteorologlar ma’lumotlariga ko‘ra, Istanbulning ba’zi hududlarida qor qoplami 20 santimetrgacha ko‘tarilgan. Sinoptiklar prognozlari bo‘yicha qor yog‘ishi besh kungacha davom etishi mumkin.
Izoh (0)