Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Farg‘ona viloyatidagi tuman hokimlarining ayrimlari aravani tortmayapti, ular xizmat vazifasiga sidqidildan yondashmayapti. Bu haqda ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati kengashining navbatdan tashqari 26-sessiyasida davlat rahbari ta’kidlab o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

“Prezident vakiliman, degan har bir amaldor xalq manfaati, aholi muammolariga yelkadosh bo‘lishi zarur. Eng katta tashvishim — quyi bo‘g‘indagi hokimlar, sektor rahbarlari, tashkilot amaldorlari mas’uliyat bilan ishlamayapti, mas’uliyatni his qilmayapti. ‘Bizga bo‘laveradi, muammoni tuman, viloyat hokimi hal qiladi’, degan fikrda kun o‘tkazishmoqda. Ular birlashib, muammolarni sifat jihatdan hal qilishmaydi.

Har bir deputat ‘Deputat degan maqomga munosibmanmi?’, degan adolatli savolni o‘ziga berishi kerak. Bir yilda nechta savol berdim? Afsuski, u savollarga ijobiy javob yo‘q. Mudrab o‘tiradigan vaqt o‘tdi. Zamon o‘zgaryapti, vaqt o‘taveradi, ammo biz ertaga kechikamiz, zamondan orqada qolib ketamiz. Deputatlar, talab qilmayapsizlar. Deputat degani — xalq ovozi, xalq dardi degani. Ijro hokimiyatidan farg‘onacha emas, sal achchiqroq talab qilishlaringiz zarur”, — dedi davlat rahbari.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 4-fevral kuni Farg‘ona viloyatiga jo‘nab ketgandi. Safar davomida davlat rahbari Oltiariqdagi uzumchilik kooperatsiyasida bo‘ldi, Farg‘onadagi toshdan qog‘oz ishlab chiqariladigan korxonani ko‘zdan kechirdi, Vodiy Shoes korxonasiga tashrif buyurdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)