Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona tumanidagi Vodiy Shoes korxonasidagi ish jarayonini ko‘zdan kechirdi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ta’kidlanishicha, 2020-yili foydalanishga topshirilgan mazkur loyihaning umumiy qiymati 16 million AQSh dollardan ziyod. Hozirda birinchi bosqichda 1 million juft poyabzal ishlab chiqarilmoqda, 2 mingdan ziyod ish o‘rni yaratilgan.

Mahsulotlar assortimenti keng, sifati yaxshi. Asosan, mahalliy xomashyodan foydalanilgani uchun tannarxi ham arzon. Shu bois ichki bozorda import o‘rnini bosib, xorijniki bilan raqobatlashmoqda. Eksport mo‘ljali – 12 million dollar.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ikkinchi bosqichda korxona quvvatini 2 million juftga yetkazish rejalashtirilgan. Shu maqsadda yaqin atrofdagi 18 ta mahalla xotin-qizlari kasanachilik asosida ishga jalb qilinadi. Natijada 5 mingdan ortiq ayollarning bandligi ta’minlanadi.

Prezident shu yerdagi to‘qimachilik korxonasini ham kirib ko‘rdi. “Bahodir Log‘on” paxta-to‘qimachilik klasteriga qarashli mazkur shirkat yiliga 10 ming tonna mahsulot tayyorlash quvvatiga ega. Yaponiya, Turkiya, Germaniya va Shveysariyadan uskunalar keltirib, ip-kalava va mato ishlab chiqarish, mato bo‘yash yo‘lga qo‘yilgan. 480 kishining bandligi ta’minlangan, shundan 300 nafari yoshlar.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bu birinchi bosqich bo‘lib, 2022-yilda ikkinchi bosqichni amalga oshirish rejalashtirilgan. Buning natijasida 1 ming 800 ta yangi ish o‘rni yaratilib, eksport salohiyatini 16 million dollardan oshirish maqsad qilingan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari xomashyoni qayta ishlashni chuqurlashtirib, tayyor mahsulotlar turini ko‘paytirish, eng muhimi, mahsulotga bozor topish zarurligini ta’kidladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shu yerda 2021–2022-yillarda Farg‘ona viloyatida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari taqdimoti o‘tkazildi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Oltiariqdagi uzumchilik kooperatsiyasi hamda Rishtondagi kulolchilik markaziga tashrif buyurgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin rasmiy qarorgohida zinadan yiqilib tushgani aytilmoqda
Mahalliy
“Mashina minishni qimmatlashtirish kerak”. Doniyor G‘aniyev tirbandliklarni kamaytirish, aholini jamoat transportiga o‘rgatish uchun nimalar qilish zarurligi haqid...
Madaniyat
“Uyda yolg‘iz” filmi yulduzi shapkasi yonayotgan sahnani suratga olish paytida boshi kuyib qolgani haqida gapirdi