Daryo

Shavkat Mirziyoyev Farg‘onaga jo‘nab ketdi

Safar davomida charm-poyabzal tarmoqlaridagi korxonalar faoliyati bilan tanishish, bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirish rejalashtirilgan

1 daqiqa o‘qish52 096 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga jo‘nab ketdi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Safar davomida qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik, to‘qimachilik, charm-poyabzal tarmoqlaridagi korxonalar faoliyati bilan tanishish, bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirish rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, davlat rahbari bundan oldin Farg‘ona viloyatiga 2020-yili iyunda borgan edi. O‘shanda Shavkat Mirziyoyev Farg‘onaning Qo‘shtepa tumaniga tashrifi davomida “Tursunov Yusufjon yeri” fermer xo‘jaligi dalasida g‘alla rivojini ko‘zdan kechirdi, Grapes and Gardens Investment kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan bog‘dagi daraxt qatorlari orasiga sarimsoqpiyoz ekish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Bundan tashqari, Prezident Toshloq tumani hokimi va bosh soliqchisini ishdan olgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar