Qozog‘istonda 14 metrli muz “vulqon” paydo bo‘lgani tasvirlangan suratlar internetda tarqaldi. Ushbu tabiat mo‘jizasini tomosha qilish uchun ko‘plab insonlar tashrif buyurmoqda, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.
Noodatiy “minora”ga oid kadrlarni mahalliy aholi va turistlar ijtimoiy tarmoqlarga joylamoqda. Bu turdagi muz tog‘lar Olmaota viloyatida oldin ham paydo bo‘lgan, biroq joriy yilda uning o‘lchamlari hayratlanarli. Quyidagi suratlar orqali muz inshootining o‘lchamini atrofidagi insonlar kattaligi bilan taqqoslash mumkin:
Muz “vulqon” sovuq va qorli havo vaqtida yerosti suvlari chiqadigan joyda paydo bo‘ladi. Artezian suvlari fontan kabi otiladi, biroq sovuq sabab muz bo‘laklari ko‘rinishida muzlab qoladi. Kadrlarga yaxshilab e’tibor qilinsa, uning tubidan suv tomchilari otilayotganini kuzatish mumkin.
Tabiiy inshoot mahalliy diqqatga sazovor joyga aylangan. Bolalar muz “vulqon”ning qiyaliklari bo‘ylab chana uchmoqda, kattalar esa u ijtimoiy tarmoqlar uchun suratga tushyapti.
Avvalroq sovuq ob-havo tufayli Moskvadagi istirohat bog‘ida qorli “shilliqurtlar” paydo bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)