• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Shakira va Jerar Pike: 10 yil farq bilan bir kunda tug‘ilgan yulduzli juftlikning sevgi hikoyasi (foto)

    Eng chiroyli va havas qiladigan yulduzli juflik tug‘ilgan kunini ham bir kunda nishonlaydi. Shakira 44, Jerar esa 34 yoshda. Ularning sevgi hikoyasi qanday boshlangani esa hammaga qiziq.

    Foto: “Nacion.ru”

    Foto: “Nacion.ru”

    Shakira Kolumbiyada, badavlat oilada dunyoga kelgan. U 4 yoshidayoq she’rlar yozgan va raqsga tushishga qiziqqan. Ammo uning yana bir sevimli mashg‘uloti ham bo‘lgan − bu musiqa edi.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    U tez-tez turli xil tanlov va festivallarda qatnashgan, teatr jurnalisti Monika Ariza bilan tanishgan.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Aynan shu tanishuv xonandaning katta sahnaga chiqishiga va shou-biznes olamiga kirib borishiga yordam bergan. Ko‘p o‘tmay, Shakira o‘zi yozgan qo‘shiqlarni jamlab, ilk musiqiy “Magia” albomini taqdim etgan.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Dastlab Shakira faqatgina o‘z vatanida mashhurlikka erishgan, biroq xonanda bu bilan cheklanib qolmagan.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Ijrochining ona tilidagi qo‘shiqlari ommalasha boshlagan. O‘tgan asrning 90-yillarida esa ispan tilidagi qo‘shiqlar amerikalik musiqa ixlosmandlarini qiziqtirib qo‘ygan.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Ilk konsert dasturini esa Nyu-Yorkdagi Manxetten markazida taqdim etgan.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Ushbu dastur uchun xonanda “Gremmi” mukofotining ikki nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Shundan so‘ng u Amerika va Yevropani zabt etish uchun ingliz tilida kuylashi kerakligini tushungan.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Bir necha yil davomida u yangi albom ustida ish olib borib, 2001-yilda ingliz tilidagi “Whenever, Wherever” taronasini taqdim etgan va u darhol mashhurlikka erishgan.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Oradan bir necha oy o‘tib, u “Laundry Service” albomini taqdim etgan va u ham xitga aylangan.

    Foto: “karavan.ua”

    Foto: “karavan.ua”

    So‘nggi 20 yil ichidan Shakira ko‘plab marralarni zabt etdi va asosiy maqsadlariga erishdi. Bugungi kunda u 2 ta “Gremmi”, 8 ta “Latin Grammy Awards”, 7 ta “Billboard Music Awards”, 5 ta MTV Video Music Awards va “Oltin Globus” mukofotlariga sazovor bo‘lgan.

    Foto: “glamurchik.net”

    Foto: “glamurchik.net”

    Ijodiy yuksalish davrida Shakira Argentina sobiq prezidentining o‘g‘li, advokat Antonio de la Ruaning ko‘nglidan joy olgan edi. Shuningdek, u xonandaning ayrim kliplarida ham ko‘rinish bergan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Antonio xonandani qattiq rashk qilgan va ayrim kliplariga qarshi ham chiqqan.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    O‘zaro munosabatlar boshlanganidan 1 yil o‘tib, advokat Shakiraning qo‘lini so‘ragan. Ammo xonanda unga turmushga chiqishga shoshilmagan. Lekin yigitning yordamini bajonidil qabul qilgan.

    Foto: “JairoBernal.com”

    Foto: “JairoBernal.com”

    Shakira ketma-ket albomlar taqdimoti, dunyo bo‘ylab ijodiy safarlardan so‘ng karyerasida biroz tanaffus qilishni ma’lum qilgan. Muxlislar xonandaning oila borasida qandaydir yangilik qilishini kutayotgan edi, chunki xonanda va advokat o‘rtasidagi munosabatlar 10 yildan buyon davom etayotgan edi.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Biroq, kutilmaganda sevgi uchburchagi paydo bo‘lgan. Shuning uchun ham Antonio va Shakira oila qurmagan va tez orada ularning ayrilgani haqidagi ma’lumotlar tarqalgan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, uchinchi shaxs sifatida Jerar Pike ishtirok etgan.

    Foto: Peopletalk

    Foto: Peopletalk

    2010-yilda Shakiraga Janubiy Afrikadagi Jahon chempionati madhiyasini yozish taklif qilingan. Shu bilan birga, “Waka Waka” qo‘shig‘iga klip ham suratga olingan. Unda turli xil terma jamoalarning futbolchilari ishtirok etgan. Ular orasida Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Jerar Pike ham bor edi.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    “Bu Xudoning ajoyib mo‘jizasi edi! Men ikki o‘g‘lim uchun ham futboldan qarzdorman. Usiz menga 2010-yilgi Jahon chempionati madhiyasi ham, Jerar o‘ynagan “Waka Waka” taronasi ham bo‘lmas edi. Albatta, uchrashishimiz uchun yana ko‘p narsalar bo‘lishi kerak edi”,  − deydi xonanda. Oradan ko‘p o‘tmay, xonanda Ispaniya jamoasining o‘yinlarida ko‘rinib turgan va yoshlarning ishqiy munosabati haqida mish-mishlar paydo bo‘lgan.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Xonanda bu boradagi savollarga hazil bilan u haqiqatan ham sevib qolganini, faqat Ispaniya futbolchilari o‘yiniga nisbatan javob berganini aytgan. Jerar ham bunga oydinlik kiritishdan qochib, Shakira bilan shunchaki do‘st bo‘lganini ta’kidlagan.

    Foto: “Hello.ru”

    Foto: “Hello.ru”

    Ammo shamol bo‘lmasa daraxtning uchi qimirlamaydi. Chempionat tugaganidan so‘ng Shakira Antonio bilan ajrashganini e’lon qilgan, bu esa qo‘shiqchi va sportchi o‘rtasidagi mumkin bo‘lgan ishqiy munosabatlar haqidagi mish-mishlarni yanada kuchaytirgan.

    Foto: “Hello.ru”

    Foto: “Hello.ru”

    “Antonio hanuzgacha mening biznesim va manfaatlarimni himoya qiladi. Biz ajrashishni vaqtinchalik deb bilamiz, individual o‘sish uchun vaqt kerak”,  − degandi o‘sha vaqtda Shakira.

    Foto: “Hello.ru”

    Foto: “Hello.ru”

    O‘tgan vaqt mobaynida juftlik o‘z munosabatini yashirishga harakat qilmasin, omma tomonidan tinimsiz savollar berilar edi. Va nihoyat, Shakira o‘z sahifasiga Jerarning suratini joylashtirgan va shunday yozgan: “Men sizga o‘z quyoshimni taqdim etaman”.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    “Men o‘zgardim, ham qo‘shiqchi, ham ayol sifatida. Hayotim, sevgim, martaba  − hech narsa avvalgidek emas. Men yanada baxtliman!”,  − deya ta’kidlaydi Shakira.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    O‘zaro munosabatlar yaxshi bo‘lishiga qaramay, tez orada sevishganlarning ajralishi haqidagi mish-mishlar paydo bo‘ldi. Biroq yomon niyatli insonlarning bashorati amalga oshmadi, xonanda va futbolchi yana birgalikda omma oldida ko‘rinish bergan. 2013-yilda esa juftlikning birinchi farzandi dunyoga kelgan.

    Foto: “Sport.net”

    Foto: “Sport.net”

    “Biz kecha, 22-yanvar kuni soat 21:25 da Ispaniyaning Barselona shahrida Shakira Mebarak va Jerar Pikening o‘g‘li Milan Mebarak Pike dunyoga kelganini e’lon qilishdan mamnunmiz”,  − degan xabar paydo bo‘lgan. Bolaga Milan, deb ism berilgan va ijtimoiy tarmoqlarga suratlari joylashtirilgan.

    Foto: “ThePlace.ru”

    Foto: “ThePlace.ru”

    Juftlik imkon qadar farzandlarining yonida bo‘lishga harakat qiladi, shuning uchun ham ularni futbol o‘yinlariga olib boradi. 2015-yilda ularning oilasida Sasha ismli ikkinchi o‘g‘il dunyoga kelgan. Shakiraning so‘zlariga ko‘ra, u hayotidan juda mamnun va Jerarga 8-9 ta farzand tug‘ib, haqiqiy futbol jamoasini tuzishni orzu qiladi.

    Foto: Rambler

    Foto: Rambler

    “Jerar bilan juda o‘xshashmiz. Biz tom ma’noda bir xilmiz. Bir xil narsalar yoqadi, bir xil narsadan nafratlanamiz. Hamma hissiyotlar biz xilda zarur”,  − deydi xonanda. Juftlikning ikki farzandi va baxtli oilasi bo‘lishiga qaramay, ular rasmiy ravishda er-xotin bo‘lishga va pasportga muhr urishga shoshilmayapti. “Ba’zida shunday tuyiladi, Jerar bilan oramizda hech qanday farq yo‘q.  Men hech qachon atrofdagi odamlar bilan hamjihat bo‘lgan bu kabi insonni uchratmaganman”,  − deya xulosa qiladi Shakira.

    Mavzuga doir:

    • Million dona atirgul, tog‘lar va orkestr: Yulduzlarning sevgi yo‘lidagi eng romantik tuhfalari (foto)
    • Sharshara, orol va yurak. Turmush o‘rtog‘iga g‘ayrioddiy sovg‘alar ulashgan mashhur ayollar (foto)
    • So‘nggi daqiqalarda nikoh to‘yini to‘xtatishga qaror qilgan 6 yulduzli juftlik (foto)
    • Havoga sovurilgan pullar: dabdabali to‘ydan so‘ng ko‘p o‘tmay ajrashgan yulduzlar (foto)

    04.02.2021, 15:36   Izoh (0)   60887
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bred Pitt, Kim Kardashyan va lazerli operatsiya yordamida ko‘rish qobiliyatini tiklagan boshqa yulduzlar (foto)

    04.02.2021, 12:32

    Jonni Depp, Tom Kruz, Britni Spirs: ajrimdan keyin baxtini topa olmagan yulduzlar (foto)

    04.02.2021, 09:57

    Mashhurlik uchun to‘lov: reabilitatsiya markazida davolanishga majbur bo‘lgan Gollivud yulduzlari (foto)

    03.02.2021, 14:56

    “Farhod va Shirin” duetidagi Farhodning to‘yi Toshkentda davom etdi (video)

    02.02.2021, 21:46

    Oila qurib, so‘ng ajrashgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto)

    02.02.2021, 19:23

    Kayli Minoug, Robert de Niro, Xyu Jekman va saraton tashxisi qo‘yilgan boshqa yulduzlar (foto)

    02.02.2021, 13:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Messi Levandovski bilan o‘rtasidagi mojaroga oydinlik kiritdi

    Sport | 12 iyul, 14:45

    Kanadalik olimlar saraton to‘qimasini 3D printerda chop etdi

    Ilm-fan | 12 iyul, 14:30

    Toshkentda 7 bola uydagi hovuzda cho‘kib, ikki nafari halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 14:05

    “Kalmar o‘yini” yulduzi Xo Son Txe rus tilida kuyladi

    Layfstayl | 12 iyul, 13:40

    Give me Sport. “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarlar nomi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 12 iyul, 13:16

    Irim sababli emas: nima uchun uydagi o‘rgimchakni o‘ldirish tavsiya etilmaydi?

    Layfstayl | 12 iyul, 12:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.