Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqandda o‘zining 6 yoshli o‘g‘lini bo‘g‘ib o‘ldirgan otaga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida xabar qilindi.

Ma’lum qilinishicha, sudlanuvchi R.D. turmush o‘rtog‘i (da’vogar) bilan arzimagan narsalar uchun urishib qoladi, shunda ayol arazlab onasining uyiga ketadi, oradan bir oz vaqt o‘tib u katta farzandini o‘zi bilan olib ketadi. Da’vogar tomon bir necha marotaba o‘g‘lini qaytarishni so‘ragan, sudlanuvchi o‘g‘lini yashirib boshqa yerda yashab yurgan.

Voqea sodir bo‘lgan kuni mahalla mas’ullari, profilaktika inspektori va kayvonilar bu oilani yarashtirish uchun sudlanuvchining uyiga kelishi kerak edi. Shunda ota o‘g‘li Doston bilan uyiga qaytadi, ammo xotini va mahalladagilar kelmaydi.

Ota shunda farzandi va o‘zining joniga qasd qiladi. 6 yoshli Doston bo‘g‘ib o‘ldirilgan, ammo ota tirik qolgan.

Sud R.D.ni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v” bandi (aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni qasddan o‘ldirish) bilan aybli deb topdi va 17 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Avvalroq Qashqadaryoda 27 yoshli erkak uxlab yotgan xotinini pichoqlab o‘ldirgani, Andijonda qo‘shni ayolni qarz bermagani va ustidan kulgani uchun o‘ldirgan shaxs 17,5 yilga qamalgani hamda Qashqadaryoda mast erkak xotini va qaynsinglisini pichoqlagani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov