• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ezgu Amal fondi Prezident Shavkat Mirziyoyevga onkologik yordam sifatini yaxshilashni so‘rab murojaat qildi

    Ezgu Amal jamoat fondi Butunjahon saratonga qarshi kurashish kunida Prezident Shavkat Mirziyoyevga tibbiyotning bolalar onkologiyasi va gematologiya yo‘nalishini rivojlantirish bo‘yicha choralar ko‘rishni so‘rab murojaat qildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar qildi.

    Foto: Ezgu Amal

    Foto: Ezgu Amal

    Ezgu Amal ma’lumotlariga ko‘ra, rivojlangan davlatlarda saratonga chalingan bemorlarni sog‘lom hayotga qaytarish ko‘rsatkichlari 70-80 foizni tashkil etadi, O‘zbekistonda esa bu ko‘rsatkich 20-30 foizga teng. Fondning ta’kidlashicha, onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan aholiga yordam ko‘rsatishni isloh qilish bo‘yicha davlat dasturi bandlari bajarilmaganligicha qolmoqda.

    “Tibbiyot tizimi, xususan, bolalar onkologiya va gematologiya yo‘nalishi darajasini tubdan yaxshilash va saraton kasalligiga chalingan bolalarga to‘g‘ri davolanish va sog‘lom yashash imkonini berish zarur. Chunki saraton kasalligi hukm emas”, — deyiladi murojaatda.

    Fond bolalar onkologiyasi va gematologiya yo‘nalishlarida qator muammolarni qayd etib, ularga yechimlar taklif qilgan:

    • Bolalar onkologiya va gematologiya bo‘limlari Onkologiya va Gematologiya markazlarida, kattalar bilan bir klinikada joylashgan.
    Ezgu Amal bunday tizim faqat Tojikiston va Turkmanistonda davom etayotganligini ta’kidlagan. MDHning boshqa davlatlari va rivojlangan mamlakatlarda ushbu ikki yo‘nalish birlashgan holatda Ko‘p tarmoqli bolalar markazlarida tashkil topgan.

    “Ko‘p tarmoqli bolalar markazlarining qulayligi shundaki, bemor bolalarga zarur bo‘lgan bolalar mutaxassislari (pediatr, kardiolog, jarroh, travmatolog, neyroxirurg), hamda bolalar reanimatsiya bo‘limlari bir joyda jamlangan. Bizning Gematologiya va Onkologiya markazlarimizda shu kunga qadar bolalar reanimatsiya bo‘limi mavjud emas”, — deyiladi murojaatda.

    • Erta tashxis qo‘yish (diagnostika) yo‘qligi.
    Qayd etilishicha, mamlakatning chekka hududlarida tibbiyot tizimi yetarli darajada rivojlanmagani bois ko‘p saraton kasalliklari tashxisi kechiktirilib aniqlanmoqda. Kasallikning 3, 4-darajasida qo‘yilgan tashxis bemorlarni sog‘lom hayotga qaytarish ko‘rsatkichini pasaytiradi.

    Murojaatda aytilishicha, zamonaviy diagnostika tekshiruvlari xususiy klinikalarda pullik o‘tkaziladi, biologik material esa chet elga jo‘natilib, to‘g‘ri tashxisga erishiladi. 1 ta bemor to‘liq zamonaviy tekshiruvdan o‘tishi uchun 800−1000 AQSH dollari sarf qilishi kerak, deya ta’kidlaydi fond.

    Bundan tashqari, natijalardagi xatoni inkor qilish maqsadida har bir birlamchi bemorning tahlili neytral 2 ta markazda ko‘riladi. Lekin O‘zbekiston qonunchiligida biomaterialni transportirovka qilish man qilingan.

    Fond onkologik va gematologik kasalliklari bo‘lgan bolalar uchun zamonaviy erta diagnostika va davolash usullari, palliativ yordam hamda yuqori texnologiyali tibbiy yordamni davlat budjeti yoki kredit mablag‘larining jalb etilishi, yoki tibbiy sug‘urtani tatbiq etish yo‘li bilan amalga oshirishni taklif etmoqda.

    “Shuningdek, biomaterialni transportirovka qilish uchun qonunchilik bazasini qayta ko‘rib chiqish va kuryerlik xizmatlari uchun rasmiy ruxsat kerak”, — deyiladi murojaatda.

    • Davolashning zamonaviy standart usuli mavjud emasligi.
    “Bugungi kunda bolalar onkologiya bo‘limlarida Xalqaro standartlarga asoslangan davo o‘tkazish va zamonaviy davolash protokollarini qo‘llash uchun yetarli sharoit mavjud emas. Buning sababi — yetarli asbob-uskuna, tibbiy anjomlar, qimmat dori vositalari, qon va qon mahsulotlari, xamda malakali kadrlar tanqisligidir”, — deya ta’kidlaydi fond.

    Fond ma’lumotlariga ko‘ra, onkogematologiya bo‘limlarida dori-darmon bilan ta’minlanish 10-15 foizni tashkil etadi. “Onkologiya markazida bolalar eski, samarasiz protokollar asosida davolanishyapti va yashash davomiyligi hozirgi kunda 30 foizni tashkil qiladi. Moddiy sharoiti yuqori bo‘lgan oilalar esa, farzandining umrini saqlab qolish uchun chet el klinikalarini tanlashadi”, — deyiladi murojaatda.

    Ezgu Amal ko‘p tarmoqli bolalar markazidagi umumlashgan Onkologiya va Gematologiya bo‘limlarida zamonaviy standartlar bo‘yicha davolash usullari va protokollarini tatbiq etish va bo‘limlarni eng oxirgi tekshiruv hamda davolash tibbiyot jihozlari bilan ta’minlash kerakligini aytmoqda. Shuningdek, fond kimyo va nur terapiyasi yordam bermagan bemorlarga donorlardan ilik transplantatsiyasini qo‘llashni yo‘lga qo‘yishni hamda kasalliklar yagona elektron tarixini yaratishni taklif etmoqda.

    • Kadrlar yetishmovchiligi.
    “Malakali mutaxassislar yetishmovchiligi (ayniqsa viloyatlarda), oylik maosh kamligi tufayli yosh kadrlarning ushbu sohaga qiziqishi pastligi va malakali mutaxassislarning boshqa sohaga yoki chet elga ishga o‘tib ketishi, mutaxassislarning chet eldagi nufuzli klinikalarda malaka oshirish imkoniyatining yo‘qligi, shuningdek, til bilmasligi va o‘qish uchun sharoit yo‘qligi bolalar onkologiyasi rivojlanishiga to‘siq bo‘lmoqda”, — deya ta’kidlaydi fond.

    Ezgu Amal ushbu sohada faoliyat yurituvchi mutaxassislarning oyligini ko‘tarishni, ularni xalqaro ekspertlar yordamida imtihondan o‘tkazishni va rivojlangan davlatlarda amaliyot o‘tish imkoniyatini yaratishni taklif etmoqda.

    Bundan tashqari, fond yuqorida ko‘rsatilgan takliflarning amalga oshirilishini monitoring qilish va nazoratga olish maqsadida jamoatchilik va OAV vakillari, ekspertlar va boshqalardan iborat ekspert guruhini tashkil etishni taklif etdi.

    Avvalroq O‘zbekistonda onkologik xizmatni rivojlantirishga qaratilgan xayriya jamoat fondi tashkil etilishi hamda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda tibbiyot oliygohi va onkologiya markazi tashkil etilishi haqida xabar berilgandi.

    04.02.2021, 19:56   Izoh (0)   29068
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi sohada raqamli texnologiyalarning tatbiq etilishi, konlarni raqamlashtirish ishlari holati va dispetcherlik xizmati faoliyati bila...

    04.02.2021, 19:38

    Buxorodagi ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan portlash oqibatida 6 kishi jabrlangan. Ulardan birining ahvoli og‘ir

    04.02.2021, 19:30

    Buxorodagi qurilishi bitmagan ko‘p qavatli uyda yuz bergan portlash oqibatida hech kim halok bo‘lmagan — FVV

    04.02.2021, 19:04

    Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov senator bo‘ldi

    04.02.2021, 18:59

    Buxoro shahridagi qurilishi yakunlanmagan ko‘p qavatli uyda portlash sodir bo‘ldi (foto va video)

    04.02.2021, 18:32

    “Azon.uz” ta’sischisi Mubashshir Ahmad Din ishlari bo‘yicha qo‘mitadan tahdid bo‘lganligini isbotlovchi dalillari borligini ma’lum qildi

    04.02.2021, 18:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.