Daryo

Bir zumda kartoshka va qiyma yordamida “zapekanka” tayyorlaymiz

Mazali “zapekanka”ni souslar bilan iste’mol qilish mumkin

1 daqiqa o‘qish28 464 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “hi-chef.ru”

Qiyma va kartoshka qo‘shilgan har qanday issiq yegulik dasturxonni bezashi bilan birga, barchaga manzur kelishi tabiiy.

Foto: “hi-chef.ru”
Kerakli mahsulotlar:
  • kartoshka pyuresi − 500 gramm;
  • qiyma go‘shti − 500 gramm;
  • pishloq − 50-100 gramm;
  • smetana − 2 osh qoshiq.
Tayyorlanish jarayoni:
  • qiyma go‘shti ozroq piyoz bilan qovurib olinadi;
  • qolip yog‘lanib, kartoshka pyuresi solinadi va yuzasi tekislanadi;
  • ustidan qovurilgan qiyma go‘shti solinadi;
  • pishloq qirg‘ichdan o‘tkazilib, sepiladi. So‘ngra ustidan yana kartoshka, qiyma va smetana surtiladi;
  • 180 daraja pechga usti qizarguncha, taxminan 20-30 daqiqalarga qo‘yiladi;
  • biroz sovitilgandan so‘ng kesib, dasturxonga tortish mumkin.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar