“Atletiko” La Liga 21-turida 31-yanvar kuni “Kadis”ni mag‘lubiyatga uchratdi (2:4).
Bu madridliklar uchun Primerada bosh murabbiy Diyego Simeone qo‘l ostidagi 214-g‘alaba bo‘ldi. Bu borada argentinalik mutaxassis “Barselona” sobiq ustozi Ernesto Valverdeni (213 g‘alaba) ortda qoldirgan holda La Liga tarixida eng ko‘p g‘alaba qayd etgan murabbiylar ro‘yxatida 4-o‘ringa ko‘tarildi va XXI asrda qayd etilgan g‘alabalar soni bo‘yicha peshqadamga aylandi.
La Ligada Ferdinand Dauchik (234 g‘alaba, “Barselona”, “Atletiko”), Xavyer Irureta (259, “Deportivo”, “Selta”), Migel Munyos (323, “Real”, “Sevilya”) va Luis Aragones (344, “Atletiko”, “Barselona”) Simeonedan ko‘proq g‘alaba qayd etgan.
“Atletiko” 50 ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib turibdi va eng yaqin ta’qibchi “Real”ni 10 ochkoga ortda qoldirmoqda, bundan tashqari “matraschilar” bitta zaxira o‘yiniga ega.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)