Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Xitoy 2020-yilda 220 milliarddan ziyod himoya niqobini ikki yuzdan ortiq mamlakat va hududlarga eksport qildi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi savdo vaziri o‘rinbosari Syan Keminning ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Foto: Express

Foto: Express

Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, shuningdek, 2,3 milliard kombenzon va test uchun 1 milliard reaktivlar to‘plami ham eksport qilingan.

Uning ta’kidlashicha, Xitoy “epidemiyaga qarshi dori-darmonlarni yetkazib beruvchi eng yirik davlat sifatida o‘zining ustunligini” faol ravishda oshirib bormoqda.

2020-yilda Xitoy iqtisodiyoti 2,3 foizga o‘sdi. Mazkur o‘sish so‘nggi o‘n to‘rt yil ichida eng past ko‘rsatkich ekani ma’lum qilingan. Biroq butun dunyoda Xitoy iqtisodiyoti pandemiya sharoitida ham o‘sishda davom etgan yagona iqtisodiyotga aylandi.

Masalan, AQSh YaIM 2020-yilga kelib 3,5 foizga kamaydi — bu 1946-yildan beri eng muhim pasayish bo‘ldi. Rossiya yalpi ichki mahsuloti o‘tgan yili 4 foizga kamaydi.

Avvalroq Xitoyda fuqarolarga Yangi yil bayramini uyda o‘tkazishi uchun pul to‘lanmoqchiligi, mamlakatda besh kun ichida 1,5 ming xonali COVID kasalxonasini qurilgani hamda Xitoyda 8 oy ichida birinchi bor koronavirusga chalingan bemor vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Gitlerga maktub yozgan Gandining tug‘ilishi, maxfiy sanalgan Opus Dei tashkiloti va SSSRdagi yadroviy qurollar sinovi. Kun xronologiyasida 2-oktabr
Mahalliy
O‘zbekistonda 2-oktabr kuni harorat kechasi 7 darajagacha pasayadi
Madaniyat
Instagram: Ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, onasiga qo‘shni bo‘layotgan Nilufar Usmonova, Ziyodaning volidasiga atalgan syurprizi