Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatovga yuridik shaxslarga yer uchastkasi ajratishda qonunni buzgani uchun hayfsan berildi. Bu haqda 17-dekabr kuni bosh vazir Abdulla Aripovning tegishli farmoyishi chiqarildi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Farmoyishda aytilishicha, Toshkent viloyati va Qibray tumani hokimlarining yuridik shaxslarga yer uchastkasi ajratish yuzasidan qabul qilgan qarorlarida qonunchilik talablarining buzilish holatlari aniqlangan. Kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlash, shuningdek, bu borada hududlar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida hokimlarga intizomiy jazo berilgan.

“Xususan, Toshkent viloyatining hokimi Rustam Xolmatov va Qibray tumani hokimi Mira’zam Mirqosimovga hayfsan intizomiy jazo chorasi e’lon qilindi hamda ular kelgusida bunday holatlar takrorlangan taqdirda egallab turgan lavozimida qolishi masalasi ko‘rib chiqilishi to‘g‘risida qat’iy ogohlantirildi”, — deyiladi O‘zA xabarida.

Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov zimmasiga yuklandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi