Samarqandda 30-yanvar – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud kuni munosabati bilan qator tadbirlar o‘tkazilmoqda, deb xabar beradi O‘zA.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand hokimi Erkinjon Turdimov mehnat ta’tiliga besh kun oldin chiqib, ta’til muddati tugagandan keyin ham ikki kun dam olib, so‘ng ishga chiqishi ma’lum qilingandi. Hokimning matbuot kotibi, shuningdek, Turdimov 28-yanvar kuni viloyatga qaytayotganini qo‘shimcha qilib, Samarqand viloyati hokimi o‘zgargani to‘g‘risidagi xabarlarni rad etgan.
Shuningdek, Qarshi shahrida ham Islom Karimov xotirasi yod etilish maqsadida Birinchi Prezidenti haykali poyiga gulchambarlar qo‘yish marosimida bo‘lib o‘tgan bo‘lib, unda viloyat idora va tashkilotlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan.
Izoh (0)