Rio—2016 Olimpiadasi bronza medali sovrindori, 79,3 kg vazn toifasi vakili Rustam To‘laganov (4-0, 1 KO) prof boksdagi to‘rtinchi jangini Beybi Berrokalga (17-8, 16 KO) qarshi olib bordi.
8 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etib, yakunda hakamlar Rustamning g‘alabasini qayd qildi. Jang davomida o‘zbekistonlik bokschi aniq zarbalar borasida ustunlikka erishdi va kolumbiyalik raqibidan faolroq bo‘ldi.
Shu tariqa To‘laganov professional boksdagi to‘rtinchi g‘alabasini tantana qildi. So‘nggi bor u 2020-yilning fevralida Norbert Dabrovskini mag‘lub etgandi.
Izoh (0)