• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Yuz minglab binolarni vayron qilgan fojia. Gujorat zilzilasi tafsilotlari

    2001-yil 26-yanvar erta tong 08:46 da Hindistonning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan Gujorat shtatida dahshatli zilzila yuz berdi, uning quvvati 7,7 ballga teng edi. Zilzilaning ta’siri deyarli butun Hindiston hududida, shuningdek, Nepal, Pokiston va g‘arbiy Xitoyda sezildi.  Turli xil taxminlarga ko‘ra uning oqibatida 14 dan 20 minggacha odam halok bo‘lgan, 167 mingga yaqin kishi jarohat olgan. 400 mingga yaqin bino butunlay vayrona holiga kelib qolgan. “Daryo” mazkur falokatli hodisa haqida hikoya qiladi.

    Talafot 

    Hindiston hukumatining ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat zilzila oqibatida 208,7 milliard rupiya (besh milliard dollar atrofida) zarar ko‘rgan. Shtatning aloqa vositalari ko‘rgan zarari o‘n milliard rupiyani, davlatning o‘rta va kichik biznesidagi zarari yigirma million rupiyani tashkil etadi. Rasmiylarning hisob-kitoblariga ko‘ra, zilzila oqibatlarini bartaraf etish va undan keyingi qurilish ishlari uchun ko‘rilgan zararga teng miqdordagi mablag‘ sarflash talab qilingan. Zilziladan so‘ng port inshootlari vayron bo‘lganligi sababli Hindiston eksporti katta yo‘qotishlarga duch kelgan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Bhuj va Ahmadobod shaharlari zilziladan eng ko‘p zarar ko‘rgan. Zilzila qurbonlarining taxminan 15 ming nafari Bhuj shahri aholisi edi. Tabiiy ofat natijasida 339 ming bino vayron bo‘lgan va 783 mingga yaqini zarar ko‘rgan. Binolardan tashqari, ushbu hududlardagi ko‘priklar va yo‘llarning aksariyati yaroqsiz holatga kelib qolgan.

    Shuningdek, zilzila qo‘shni Pokistonning janubiy hududlariga ham ta’sir ko‘rsatadi: mamlakatning 18 nafar aholisi vafot etadi, 100 ga yaqin kishi jarohat oladi. Bundan tashqari, zilzilaning “aks-sadosi” Bangladesh va Nepalda ham sezilgan.

    Tafsilotlar

    Xalqaro seysmologik markazlarning ma’lumotlariga ko‘ra, 1956-yildan so‘ng ushbu hududda seysmik faollikning 4 balldan yuqori ko‘rinishlari sodir bo‘lmagan va 1982-yilda ro‘y bergan faqat ikkita zilzila 4-4,2 ballni tashkil etgan. 2001-yilgi Gujorat zilzilasi ilgari noma’lum bo‘lgan janubga botgan yoriq bo‘yicha harakatlanish natijasida hosil bo‘lgan rift tuzilmalariga parallel ravishda harakatlanish natijasida yuzaga kelgan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Kach viloyatidagi qurbonlar soni 12 300 kishini tashkil etdi. Zilzila episentridan atigi 20 km uzoqlikda joylashgan Bhuj deyarli butunlay vayron bo‘ldi. Anjar, Bhuj va Bxau Talukasidagi yuzlab qishloqlar tekislik holiga kelib qoldi. Bir milliondan ortiq inshootlar, shu jumladan, ko‘plab tarixiy binolar va sayyohlik obektlari butunlay vayronaga aylandi yoki jiddiy talafot ko‘rdi. Zilzila Bhujdagi uylarning 40 foizini, sakkizta maktabni, ikkita kasalxonani va 4 km masofali yo‘lni zararladi va shaharning tarixiy Svaminarayan ibodatxonasi va Prag Mahal va Aina Mahal tarixiy qal’alarini vayron qildi.

    Hindiston milliy san’at va madaniy meros jamg‘armasi (INTACh) Kach va Saurashtra shaharlaridagi 250 dan ortiq madaniy meros hisoblangan binolarni ko‘zdan kechirdi va ularning 40%i o‘ta jiddiy zarar ko‘rganligini aniqladi. Faqat 10% inshoot zilzila zararidan omon qolgan.

    Taxminan 7 million aholisi bo‘lgan Gujoratning tijorat poytaxti Ahmadobodda 50 ga yaqin ko‘p qavatli uy qulab tushdi va bir necha yuz kishi halok bo‘ldi. Yetkazilgan jami moddiy zarar 7,5 milliard dollarga baholandi. Zilzilaning eng katta yo‘qotishi Bhuj fuqarolik kasalxonasining butunlay yaroqsiz holatga kelib qolishi edi. Zararlanganlarga Hindiston harbiylari favqulodda yordam ko‘rsatdilar, keyinchalik Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Jamiyati Federatsiyalari tomonidan yordam kuchaytirildi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Tiklanish

    Zilziladan to‘rt oy o‘tgach Gujorat hukumati zilzila natijasida xaroba ahvoliga kelib qolgan hududlarni qayta qurish va tiklash siyosatini e’lon qildi. Ushbu siyosat shahar va qishloq qurilishiga boshqacha yondashuvni taklif qildi. Bu qurilishning taxminiy qiymati 1,77 milliard AQSH dollarini tashkil etardi.

    Uy-joy siyosati vayronalarni tozalash, vaqtinchalik boshpanalarni tashkil etish, buzilgan uylarni to‘liq rekonstruksiya qilish va buzilmagan ma’muriy birliklarni jihozlashga qaratildi. Ta’mirlashga loyiq uylarning umumiy soni 929 682 tani va rekonstruksiya qilinadigan uylarning umumiy soni 213 685 tani tashkil etdi.  2003-yilga kelib 882 896 (94%) uylar ta’mirlandi va 113 271 tasi (53%) rekonstruksiya qilindi.

    Bhuj shahri uchun yangi shahar rejasini taqdim etish Atrof-muhitni rejalashtirish bo‘yicha hamkorlik (EPC) tashkilotiga topshirildi. Rejada shaharga favqulodda kirish imkoniyatini ta’minlash uchun kengroq yo‘l tarmog‘ini yaratishga e’tibor qaratildi. Shaharni qayta tiklashni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Gujarat hukumati qiymati 1 milliard AQSH dollarigacha bo‘lgan to‘rtta yordam paketini yaratdi.  Ushbu paketlar 300 mingga yaqin oilaga yordam sifatida tarqatildi.  Shuningdek, hukumat kichik, o‘rta va katta sanoatini jonlantirish uchun 2,5 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ ajratdi. Shuningdek, Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki tegishli ravishda 300 va 500 million dollar miqdorida kreditlar ajratdilar.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Xotira

    Ko‘plab mamlakatlar va tashkilotlardan yordamlar taklif qilindi.  Smritivan va Bhujia tepaligida zilzila qurbonlariga bag‘ishlangan yodgorlik bog‘i va muzeyi barpo etildi. Bog‘da har bir zilzila qurboniga bag‘ishlab daraxt ekilgan va tepalikda 108 ta kichik suv havzalari tashkil etilgan.

    Dilbar Ismatullayeva tayyorladi

    26.01.2021, 19:40   Izoh (0)   49275
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tramp “sobiq prezident devoni”ni ochdi

    26.01.2021, 18:58

    Olimlar koronavirusni davolashda “Remdesivir”dan 30 marta samaraliroq dorini aniqladi

    26.01.2021, 18:12

    AQShda Telegram’ni Google Play dasturlar do‘konidan o‘chirib tashlash talab qilindi

    26.01.2021, 16:59

    Livan va Niderlandiyada lokdaunga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. O‘nlab odamlar jarohatlanib, yuzlab kishilar hibsga olindi

    26.01.2021, 16:57

    BMT bosh kotibi: COVID-19 tufayli so‘nggi 100 yil ichidagi eng kuchli iqtisodiy inqirozga uchradik

    26.01.2021, 16:13

    Ukrainada fevral oyida ommaviy vaksinatsiya boshlanadi

    26.01.2021, 15:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi

     

    Tavsiya etamiz

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Endi prezidentlikka nomzodimni qo‘ymayman” — Belarus prezidenti

    Dunyo | 9 avgust, 19:35

    “Barselona” Ferran Torres uchun kelgan ikkita taklifni rad etdi

    Sport | 9 avgust, 19:31

    Tanqid va gumonlarga duch kelgan mashhur turk juftliklari

    Kino | 9 avgust, 19:01

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dilmurod Islomov vafot etdi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 18:26

    “AQSH harbiylari mamlakatga kiritilmaydi” — Meksika prezidenti

    Dunyo | 9 avgust, 18:15

    O‘zbekiston Ozarbayjon—Armaniston tinchlik kelishuvini olqishladi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 17:46

    Ekspert Habib va Konor o‘rtasidagi revansh jang nega o‘tkazilmaganini ochiqladi

    Sport | 9 avgust, 17:45

    “Kalmar o‘yini” qanday suratga olingan: mashhur serialning yaratilish tarixi haqida

    Kino | 9 avgust, 17:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.