• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Bukhara Cotton Textile korxonasi faoliyati bilan tanishdi

    Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifi davomida Bukhara Cotton Textile korxonasi faoliyati bilan tanishdi, deya xabar qilmoqda Prezident matbuot xizmati.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ta’kidlanishicha, Buxorodagi BCT Cluster paxta-to‘qimachilik klasteri mamlakatda eng birinchi tuzilganlardan. U davlat rahbarining 2017-yil 19-maydagi qaroriga asosan tashkil etilgan.

    Mazkur klaster paxta yetishtirishdan tortib uni chuqur qayta ishlashgacha bo‘lgan barcha texnologik jarayonlarni yaxshi o‘zlashtirgan. Xususan, Romitan tumanidagi 8 ming gektar maydonda paxta yetishtirilsa, uning tolasidan ip yigirish, kalavani bo‘yash, mato to‘qish va kiyim tikish yo‘lga qo‘yilgan.

    Bukhara Cotton Textile korxonasi ushbu ishlab chiqarish zanjirining oxirgi halqasi hisoblanadi. Uni tashkil etish uchun 65 million AQSh dollaridan ziyod investitsiya yo‘naltirilgan.

    Yana bir muhim jihati shundaki, ushbu korxona ilgari qarovsiz bo‘lib qolgan sobiq to‘qimachilik kombinati o‘rnida paydo bo‘ldi. Bu yerda bitta eski bino kapital rekonstruksiya qilinib, 19 ta yangi bino va inshootlar barpo etildi. Germaniya, AQSh, Belgiya va Fransiyadagi texnologik liniyalar, asbob-uskuna va dastgohlar bilan jihozlandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Davlat rahbari korxonadagi ish jarayonini, mahsulotlar sifatini ko‘zdan kechirdi.

    “Jinsi matolar va mahsulotlar chiqarish bo‘yicha eng ilg‘or davlatlar bilan raqobat qilish mumkin. Chunki yerimiz, suvimiz, paxtamiz o‘zimizniki. Ishlayman degan yoshlarimiz ko‘p. Tannarxni yana pasaytirsa bo‘ladi. Lekin sifati xalqaro darajada bo‘lsa, dunyoda albatta o‘z o‘rnini topadi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Mazkur to‘qimachilik korxonasida 1500 nafar, klaster bilan qo‘shib hisoblaganda 6000 nafar xodim faoliyat yuritmoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qayd etilishicha, Bukhara Cotton Textile korxonasida dastlab 8450 tonna kalava ip yigiriladi. Keyingi bosqichda esa 15 million pogonometr jinsi matolar to‘qiladi. Uchinchi, to‘rtinchi pog‘onalarda qo‘shimcha qiymatga ega tayyor mahsulotga aylantiriladi.

    Ta’kidlanishicha, buning iqtisodiy samaradorligi dunyo bozorida 1 kilogramm tola qiymati xomashyo sifatida 1,5 dollar bo‘lsa, tayyor kiyim qilib sotilganda kamida 25 dollarga aylanadi.

    Korxona o‘zining B Jeans brendiga ega. Bu yerda yiliga o‘rtacha 12,5 million dona denim klassik va denim stretch shimlari ishlab chiqarilmoqda. Mamlakatda ularning xaridori ko‘payib boryapti. 2020-yilda Buxoro, Toshkent, Samarqand va Namangan shaharlarida savdo do‘konlari ishga tushirildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Kelgusida mamlakat bo‘yicha 50 ta ana shunday do‘kon ochish mo‘ljallangan.

    Eng asosiy maqsad esa tashqi bozorda o‘rin egallash. 2020-yilda 8,2 million AQSh dollari miqdorida mahsulot eksport qilingan. Lekin bu birinchi qadamlar. Mamlakat elchixonalari ko‘magida chet ellarda savdo nuqtalari tashkil etish rejalashtirilgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bu orqali yiliga o‘rtacha 50-60 million dollar miqdorida valyuta tushumiga erishish mumkin.

    Bukhara Cotton Textile korxonasida ishlab chiqarilayotgan jinsi matolari rangining tabiiyligi bilan ham ichki va tashqi bozorda ustunlikka ega. Buning uchun chet eldan indigofera o‘simligi urug‘i olib kelinib, 80 gektar maydonda yetishtirilmoqda.

    Davlat rahbari mahsulotlar turini ko‘paytirish, dunyoga mashhur brendlar bilan hamkorlikda kiyimlar ishlab chiqarish zarurligini ta’kidladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shu yerda 2021–2022-yillarga mo‘ljallangan Buxoro viloyatida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari, yoshlar bandligini ta’minlash rejalari taqdimoti o‘tkazildi.

    “Xalq ichida yurib, har bir yoshning muammosini eshitib, nazoratga olib, oxir oqibat hal etib bersak, vaziyat o‘zgaradi. Yoshlar ishlari agentligining asosiy vazifasi shu bo‘lishi kerak”, – dedi Prezident.

    Yoshlarni kasbga yo‘naltirish, tadbirkorlikka o‘qitish, biznesi va hunarmandchiligini ochishga ko‘maklashib, bandligini oshirish choralari muhokama qilindi.

    Shavkat Mirziyoyevning Buxoroga tashrifiga oid boshqa xabarlar:

    • Shavkat Mirziyoyev Buxoroga tashrifini shamoldan zarar ko‘rgan Olot tumanidan boshladi
    • “Xalq dardini rahbarlarga lo‘nda qilib qo‘ysa, mahalla raisi obro‘li bo‘ladi”. Shavkat Mirziyoyev Buxoroda to‘rtta tuman faollari bilan uchrashdi
    • Olot–Toshkent temiryo‘l qatnovi qayta tiklanadi hamda Olot va Qorako‘l tumanlarida ichimlik suvi ta’minoti 90 foizga yetkaziladi
    • Shavkat Mirziyoyev Buxoro Varnet agrosanoat majmuasiga tashrif buyurdi

    21.01.2021, 21:56   Izoh (0)   34056
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda o‘qituvchilarga vaqtinchalik to‘xtatilgan ustamalar 1-yanvardan to‘lanishi ma’lum qilindi

    21.01.2021, 21:12

    Samarqandda bir gektar yer ajratib berish evaziga 30 ming dollar so‘ragan hokimlik xodimi qo‘lga olindi

    21.01.2021, 20:21

    Shavkat Mirziyoyev “Buxoro Varnet” agrosanoat majmuasiga tashrif buyurdi

    21.01.2021, 19:53

    O‘zbekistonda yo‘l-transport hodisasini ichki ishlar xodimisiz rasmiylashtirish tartibi belgilanishi kutilmoqda

    21.01.2021, 19:35

    “Hokimning tashabbusi yorug‘ kun paytida momaqaldiroq urgandek bo‘ldi” – mahalla raisi Jahongir Ortiqxo‘jayevning MFYlarga nisbatan e’tibori haqida

    21.01.2021, 19:23

    O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti masalalari bo‘yicha kun-u tun ishlaydigan dispetcherlik xizmati joriy etildi

    21.01.2021, 18:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonlik olimlar qovunning yangi navlarini yaratmoqda

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:45

    Endilikda davlat xizmatchilariga oylik maoshining 30 foizgacha intizomiy jazo qo‘llaniladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:30

    O‘zbekistonlik voyaga yetmagan aka-uka xorijda qarovsiz qoldirilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:15

    Isroil Falastin uylarini harbiy bazalarga aylantirmoqda

    Dunyo | 20 iyun, 21:05

    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda

    Reklama | 20 iyun, 21:00

    Biz har doim noto‘g‘ri saqlab kelgan 12 mahsulot

    Maslahatlar | 20 iyun, 20:50

    Endi davlat tashkilotlari xodimlarining tana vazni indeksi o‘lchab boriladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 20:40

    Tramp Eronning yadro dasturini rivojlantirishda Obamani aybdor deb atadi

    Dunyo | 20 iyun, 20:30

    O‘zbekiston Xitoydan 200 ta elektrobus sotib olishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 20 iyun, 20:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.