• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12935.27
    • RUB160.47
    • EUR14367.2
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosarining ukasiga tegishli kompaniya tenderda 20 mlrd so‘mlik davlat buyurtmasini yutgani bo‘yicha viloyat prokuraturasiga so‘rovnoma yuborildi

    Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosarining ukasiga tegishli kompaniya tenderda 20 milliard so‘mlik davlat buyurtmasini yutgani ma’lum bo‘lgandi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Xorazm viloyati hokimligi yagona buyurtmachi injiniring kompaniyasi tomonidan 2020-yilda o‘tkazilgan tender savdosining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun va boshqa qonunosti hujjatlarga muvofiqligini o‘rgandi.

    Xususan, Xorazm viloyati hokimining 2020-yil 21-fevraldagi 65-son qarori bilan tender komissiya tarkibi tasdiqlangan bo‘lib, komissiya raisi sifatida Xorazm viloyati hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.Qurbanov, komissiya raisi o‘rinbosari sifatida Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi yagona buyurtmachi injiniring kompaniyasi direktori Q.Rahimov belgilangan.

    Viloyat hokimligi yagona buyurtmachi injiniring kompaniyasi tomonidan 7018648-sonli lot orqali o‘tkazilgan boshlang‘ich narxi 20 milliard 380 million 686 ming so‘m bo‘lgan “Urganch shahridagi perinatal markazni rekonstruksiya qilish” obyekti bo‘yicha “Bunyodkor” MChJ, “Urganch Qurilish Beton” MChJ va “Irdimzon Qurilish” xususiy korxonasi tomonidan ofertalar taqdim qilingan.

    Mazkur lot raqami bo‘yicha o‘tkazilgan tender natijalari bo‘yicha 2020-yil 23-iyun kungi 4/131-sonli bayonnomaga ko‘ra, “Bunyodkor” MChJ 20 milliard 180 million 686 ming 966 so‘m taklif qilgan holda tender g‘olibi bo‘lib, 2020-yil 25-iyun kungi PM №1-2020 tartib raqamli pudrat shartnomasiga asosan, mazkur MChJ tomonidan perinatal markazni rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda.

    Ushbu lot bo‘yicha o‘tkazilgan tender hujjatlari o‘rganilganda 2020-yil 11-iyun va 2020-yil 23-iyun kunlari o‘tkazilgan tender savdo yig‘ilishlarida komissiya raisi (B.Qurbanov) va uning o‘rinbosari (Q.Rahimov) aslida ishtirok etmagan bo‘lsa-da, mazkur yig‘ilish bayonnomalarini imzolab tasdiqlaganlar.

    Shuningdek, o‘rganish jarayonida “Bunyodkor” MChJning ta’sischisi Ulug‘bek Sharipovich Qurbanov Xorazm viloyati hokimining kapital qurilish kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, tender komissiyasi raisi Bahrom Sharipovich Qurbanovning yaqin qarindoshi, ya’ni tug‘ishgan ukasi ekanligi ma’lum bo‘ldi.

    Skrinshot: Davlat xaridlari portali

    Skrinshot: Davlat xaridlari portali

    Bu holat esa “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi 472-sonli qonunining 5-, 19-, 39-moddalarida belgilangan talablarga ziddir.

    Bundan tashqari, viloyat hokimligining 2020-yil 11-iyundagi 144-f son farmoyishiga ko‘ra sog‘liqni saqlash obyektlarini foydalanishga qabul qilish hududiy davlat komissiyasi tarkibida B.Sh.Qurbanov hududiy davlat qabul hay’ati raisi sifatida belgilangan.

    Kelgusida Urganch shahridagi perinatal markazini rekonstruksiya qilish obyektida qurilish va ta’mirlash ishlari yakunlangach, mazkur obyektni foydalanishga qabul qilish jarayonida turli qonun buzilishlarining oldini olish maqsadida mazkur obyektni qabul qilishda B.Sh.Qurbanovni davlat qabul hay’ati raisi sifatida faoliyat yuritish masalasini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq.

    Yuqorida qayd qilingan qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan Xorazm viloyati hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.Qurbanov, Xorazm viloyati hokimligi yagona buyurtmachi injiniring kompaniyasi direktori Q.Rahimov va boshqalarning xatti-harakatlari yuzasidan Xorazm viloyati hokimligiga korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish to‘g‘risida taqdimnoma kiritildi.

    Shuningdek, Xorazm viloyati prokuraturasi ish yurituvidagi viloyat hokimligi yagona buyurtmachi injiniring kompaniyasi mansabdor shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 205-moddasi bilan qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishi tergovi jarayonida viloyat hokimi o‘rinbosari B.Qurbanov, Xorazm viloyati hokimligi yagona buyurtmachi injiniring kompaniyasi direktori Q.Rahimov va boshqalarning xatti-harakatlarini tergov yo‘li bilan tekshirib, qonuniy baho berish va tergov natijalari to‘g‘risida agentlikka axborot berish yuzasidan Xorazm viloyati prokuraturasiga so‘rovnoma yuborildi.

    Holat yuzasidan kelgusida qo‘shimcha axborot taqdim etilishi ta’kidlandi.

    Avvalroq Navoiyda bir necha mlrd so‘mlik davlat buyurtmalarini tender buyurtmachisi rahbari oilasiga tegishli korxona qo‘lga kiritgani, viloyatdagi ko‘plab qurilish ishlari amaldorlarga aloqador kompaniyalar tomonidan bajarilgani hamda bir necha yuz mlrd so‘mlik loyihalarni viloyat hokimi o‘rinbosarining qarindoshlari qo‘lga kiritgani ma’lum bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

    19.01.2021, 00:25   Izoh (0)   17671
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda ishlamaydigan fuqarolar ham pensiya olishlari mumkin bo‘ladi

    18.01.2021, 23:27

    “Mamlakatda to‘rt yilda 2 mingdan ziyod qarordan 600 tasining ijrosi bajarilmagan” – Shavkat Mirziyoyev

    18.01.2021, 23:12

    O‘zbekistonda noqonuniy kesilgan har tup daraxt uchun 100 tup ko‘chat ekishni majburiy etish taklif qilindi

    18.01.2021, 22:42

    Sergelida 40 yoshli erkak yarim tunda kaltaklandi

    18.01.2021, 22:26

    Chiroqchida elektr ta’minotidagi muttasil uzilishlar sabab tuman markaziy shifoxonasidagi rentgen uskunasi ishdan chiqdi

    18.01.2021, 22:11

    O‘zbekistonda 4 bosqichli ijro tizimi tashkil etiladi

    18.01.2021, 21:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyadagi qurilishda ishlaydigan migrantlar soni 500 ming kishiga tushib ketdi

    Dunyo | 14 may, 16:02

    Maktablardagi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida vals tushish taqiqlandimi?

    O‘zbekiston | 14 may, 15:51

    Sevgi uchburchagi, tryuklar va kesilgan sahnalar: “Zita va Gita” filmining kadr ortida nimalar yashiringan?

    Kino | 14 may, 15:40

    Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi layklar uchun qamashni bekor qildi

    Tojikiston | 14 may, 15:35

    O‘zbekiston samolyot va aviakompaniyalar soni bo‘yicha MDH mamlakatlari uchligiga kirdi

    Dunyo | 14 may, 15:05

    Kann kinofestivali ochilish marosimidagi yulduzlarning eng yorqin obrazlari

    Layfstayl | 14 may, 14:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.