19-yanvar kuni dunyoning turli burchaklaridan olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.
Tailandning Samui orolida plastik va boshqa chiqindilarni olib kelayotgan to‘lqinlar qirg‘oqqa urilmoqda.
Foto: AFP
Angliyaning London shahrida “Oyog‘i osmondan qilingan dunyo” globusi yonidan o‘tib ketayotgan yo‘lovchi.
Foto: AP Photo
Xitoyning Chunsin hududida Szinfo tog‘i uzra suzayotgan bulutlarni tomosha qilayotgan sayyohlar.
Foto: Getty Images
Germaniyaning Berlin shahrida Mercedes-Benz moda haftaligida Kraftwerk Mitte’da saqlanayotgan manekenlar.
Foto: Getty Images
Xitoyning Sintszyan hududida Sayram ko‘li uzra qotib qolgan pufakchalarni tomosha qilayotgan ayollar.
Foto: Rex
Gretsiyada koronavirus pandemiyasi tufayli yopilgan do‘konlar 60 kundan so‘ng ochilmoqda.
Foto: Reuters
Braziliyada Xitoyning CoronaVac hamda Buyuk Britaniya-Shvetsiyaning Oxford/AstraZeneca vaksinalari tasdiqlandi.
Foto: Reuters
Tayvanda Xitoy tomonidan bo‘lishi mumkin bo‘lgan hujumlarga qarshi o‘quv-mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.
Foto: Reuters
Turkiyaning Istanbul shahrida ko‘p yillardan beri ilk marta qor yog‘di. Odamlar bunday manzarani ko‘rish uchun diqqatga sazovor manzilgohlarga oshiqmoqda.
Foto: Reuters
AQShning Virjiniya shtatidagi general Robert Li haykali fonida musiqa asbobi chalayotgan erkak.
Foto: Reuters
G‘azo sektorining janubiy qismida falastinlik tibbiyot xodimi boladan koronavirus tahlili uchun namuna olmoqda.
Foto: Reuters
Senegalning Dakar shahridagi Madina tumanida onasi ovqatlanayotganini tomosha qilayotgan qizaloq.
Foto: Reuters
Xitoyning Pekin shahridagi nuklein kislotalar poligonida koronavirusga test topshirayotgan ayol.
Foto: Reuters
Avvalgi kunlarning galereyalari:
- Buqalar jangi, qorga burkangan Yevropa, yangi tug‘ilgan karkidon. 17-yanvar suratlari
- Yog‘och doskada Qur’on o‘rganayotgan o‘quvchilar, Qarshida portlagan uy, muhojirlar lageridagi bolalar. 6-yanvar suratlari
- Toshkentda ochilgan yo‘l, ananasdan qilingan samolyot, otilayotgan vulqon. 5-yanvar suratlari
- Salkam 600 million so‘mga sotilgan avtoraqam, o‘ldirilgan jurnalist, tosh otayotgan aholi. 4-yanvar suratlari