Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

iPhone 13 taqdimotiga hali ancha vaqt bor, biroq hozirda u haqida turli mish-mishlar paydo bo‘la boshladi. Bloomberg nashri Apple 2021-yilda taqdim etadigan smartfonlarida ekran ostida joylashadigan barmoq izi skanerini sinovdan o‘tkazayotganini ma’lum qildi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Aftidan, Apple foydalanuvchining ikkita identifikatsiya texnologiyasini birlashtirishni anchadan buyon rejalashtirib yurgan ko‘rinadi — Face ID yuzni skaner qilish funksiyasidan hozirda kompaniyaning ko‘plab smartfonlarida foydalanilmoqda. Bunga qadar alohida Home tugmasi mavjud bo‘lgan bo‘lsa, endilikda skaner ekran ostida joylashtiriladi — Android-smartfonlar kabi.

Shunday qilib, foydalanuvchilarda smartfonni yoqish uchun ko‘proq imkoniyat paydo bo‘ladi. Masalan, pandemiya sharoitida niqoblar sabab yuz orqali smartfonni blokdan chiqarishda muammolar yuzaga kelgan, qishda esa qo‘lqoplarni yechishga to‘g‘ri keladi. Ushbu ikki usulning birlashuvi, har biridagi kamchilikni qoplashga yordam beradi.

Shuningdek, Apple quvvatlantirish razyomidan butunlay voz kechish niyatida. Kompaniya Lightning’dan USB Type-C’ga o‘tishni rejalashtirmayapti, to‘liq simsiz quvvatlantirishga o‘tmoqchi.

Bundan tashqari, Apple yangi yo‘nalish — buklanuvchan smartfon ustida ish olib bormoqda. Kompaniyadagilar “ko‘rinmas” sharnirlarga ega bu kabi qurilmalarning bir nechtasini sinovdan o‘tkazmoqda.

Avvalroq Apple tomonidan 2021-yilda taqdim etiladigan smartfonlar lineykasi iPhone 12s nomini olishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
O‘tgan yili birja bozorlarimiz rekord darajada o‘sdi — Respublika valyuta birjasi
Iqtisodiyot
“Rossiyaga qarshi eng yaxshi strategik javob”: Ukraina farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi “Reka-Med”ni sotib oldi